11:00 / 07.04.2020
25426
Reklama

Pul o‘tkazmasini divandan turmagan holda onlayn olish mumkin!

Foto: Kapitalbank

Western Union, Zolotaya Korona, Contact, MoneyGram va UNIStream – bu o‘tkazmalarning barchasini endilikda divandan turmagan holda onlayn olish mumkin. Agar siz hech bo‘lmaganda «Kapitalbank»ning mijozi bo‘lsangiz. Hozircha mijoz bo‘lmasangiz – buning zarari yo‘q: onlayn tarzda mijozga aylanish imkoniyati ham mavjud!

Butun jarayonni «Kapitalbank»ning Apelsin mobil ilovasida bajarish mumkin. Buning uchun Apelsin'ni yuklab olish va tasdiqlangan foydalanuvchiga aylanish zarur: sizda hech bo‘lmaganda bitta «Kapitalbank» plastik kartasi mavjud bo‘lganda «tasdiqlanish» imkoniyati mavjud bo‘ladi. Agar bunday kartangiz bo‘lmasa – xuddi shu tarzda, Apelsin'da, kartaga uyga yetkazib berish xizmati bilan onlayn buyurtma berishingiz mumkin. Karta sizga yetkazib berilgach – iltimos, uni ilovada «ishga tushiring». Tamom: shu paytdan boshlab siz xalqaro pul o‘tkazmalarini o‘z hisobingizga o‘tkazish va boshqa ko‘plab funksiyalardan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lasiz va bularning barchasi – onlayn tarzda.

Endi o‘tkazmalar haqida davom etamiz. Tasdiqlangan foydalanuvchi uchun navbatdagi qadam – valuta hisobvarag‘ini ochish hisoblanadi. Buning uchun ilovada «Menyu» qo‘shimcha ilovasini ochish, «Hisoblar»ga o‘tish, «+» belgisini bosish va hisobvaraq qaysi valutada ochilishini tanlash kerak. Agar mijozda «Kapitalbank» VISA kartasi mavjud bo‘lsa, uni Apelsin'ga qo‘shish mumkin, bunda hisobvaraq avtomatik ravishda ochiladi. «Hisoblar» qo‘shimcha ilovasida doim o‘z valuta hisobvarag‘ingizni izlab topib, uning holatini tekshira olasiz.

Shundan keyin, foydalanuvchi o‘z valuta hisobvarag‘iga ega bo‘lgach, xalqaro pul o‘tkazmalarini qabul qila oladi. Buning uchun, asosiy ekrandagi Apelsin'ning pastki panelida joylashgan «Chat» orqali «Kapitalbank»ning aloqa-markazi bilan bog‘lanish va o‘tkazma kutilayotganini ma'lum qilish lozim. Aloqa-markaz xodimi keyingi bajariladigan ishlarni tushuntiradi, pullar hisobvaraqqa kelib tushgan zahoti esa u foydalanuvchi bilan bog‘lanib, uning hisobiga pul o‘tkazilganligi haqida xabar beradi. Hisobvaraqdagi pullarni «Kapitalbank» VISA kartasiga yoki Uzcard va HUMO kartalariga o‘tkazish mumkin, faqat buning uchun ushbu kartalar Apelsin'ga qo‘shilgan bo‘lishi zarur.

Ilovani yuklab oling: Apelsin

Reklama huquqi asosida

Top