Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp Hindistonni dori vositalari eksportiga taqiqlov kiritishiga javob choralari ko‘rilishidan ogohlantirdi
Hindiston koronavirus pandemiyasi sababli AQShga dori vositalari eksportiga taqiqlov kiritsa, Vashington Hindistonga nisbatan javob choralari ko‘radi.
Foto: REUTERS
Bu haqda AQSh prezidenti Donald Tramp Oq uydagi brifingda ma'lum qildi.
Trampdan Hindiston bosh vaziri Narendra Modining bezgakka qarshi dori vositasi – gidroksixloroxinning boshqa davlatlarga, jumladan AQShga eksport qilinishini to‘xtatish qaroriga izoh berish so‘ralgan.
“Menga bu qaror yoqmayapti, biroq men bu uning [Narendra Modi] qarori ekanini eshitganim yo‘q. Men uni boshqa davlatlarga to‘xtatganini bilaman. Agar u bunday qilsa [AQShga eksportni to‘xtatsa], ajablangan bo‘lardim, chunki Hindiston AQSh bilan juda yaxshi munosabatda”, deb aytgan Tramp.
“U bu haqda menga aytishi kerak edi. Men u bilan yakshanba kuni gaplashgandim va unga bizga mo‘ljallangan yetkazmalarni mamlakatdan olib chiqilishiga ruxsat bersa, buni juda qadrlashimizni aytganman. Agar u bu yetkazmalarni olib chiqishga ruxsat bermasa, bu normal holat bo‘ladi, biroq, albatta javob choralari ko‘rilishi mumkin”, deb qo‘shimcha qilgan AQSh prezidenti.
Mart oxirida uxanlik tibbiyotchilar gidroksixloroxinning koronavirusga chalingan bemorlarni davolashda to‘laqonli klinik sinovlarni o‘tkazishgani ma'lum qilingan. Tibbiyotchilarning fikricha, ushbu vosita bemorlarning sog‘ayishida yordam beradi, biroq ikkilamchi ta'sirga ega.
AQShning mutasaddi idoralariga koronavirusga chalinganlarni davolash uchun bezgakka qarshi qo‘llanuvchi gidroksixloroxin (plakvenil) va xloroxin vositalarining millionlab dozada yetkazilishiga ruxsat berilgan.
Mavzuga oid
17:12
Yevrokomissiya rahbari: Grenlandiya bo‘yicha AQShga javob “qat’iy” bo‘ladi
11:54
Lavrov Rossiyaning Qrimni qo‘shib olishini AQShning Grenlandiya bo‘yicha rejalari bilan taqqosladi
11:15
Oq uy: Tramp samolyoti elektronikadagi nosozlik sabab ortga qaytdi
11:02