Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Trampning maslahatchisi koronavirusdan yarim million kishi o‘lishi mumkinligi haqida yanvardayoq aytgani ma'lum bo‘ldi
AQSh hozirda koronavirusga chalinganlar soni bo‘yicha dunyoda birinchi o‘rinda turibdi.
Foto: Pete Marovich / Getty Images
AQSh prezidenti Donald Trampning maslahatchisi Piter Navarro yanvardayoq davlat rahbarini koronavirus epidemiyasi oqibatlaridan ogohlantirgani ma'lum bo‘ldi. The New York Times gazetasi uning hisobotini chop etdi.
Gazetada qayd etilishicha, Amerika prezidenti chora ko‘rishni 29 yanvardagi ogohlantirishdan ancha keyin boshlagan. Navarro virus AQShga trillionlab dollarga tushishi mumkinligini yozgan.
Hisobotda aytilishicha, vaksina yo‘qligi natijasida millionlab kishilar kasallanish yoki o‘lim xavfiga duch keladi.
Oq uy maslahatchisi yarim million amerikalik koronavirusdan vafot etishi mumkinligini eslatgan. Navarro shuningdek, epidemiyaning pandemiyaga aylanib ketishini yozgan. 23 fevraldagi ikkinchi hisobotida esa u 100 million kishi kasallikka chalinishi va 1,2 million kishi vafot etishini ta'kidlagan.
AQSh hozirda koronavirusga chalinganlar soni bo‘yicha dunyoda birinchi o‘rinda turibdi (350 mingdan ortiq). Vafot etganlar 10 mingdan oshdi, tuzalganlar soni 19 ming kishini tashkil etmoqda.
Mavzuga oid
17:35
AQSh Eronga zarba berishda Anthropic neyrotarmog‘idan foydalandi – OAV
17:21
Fors ko‘rfazi mamlakatlari Eronga zarba berish uchun AQShga o‘z bazalaridan foydalanishiga ruxsat berishi mumkin
00:30
Erdo‘g‘an Eronga qilingan hujumlarni qoraladi
22:30 / 28.02.2026