Qiroliçaning bu çiqişi ham avvalgilari kabi juda ta'sirçan böldi. U yaxşi kunlar yana kelişini aytdi.

93 yoşli monarx 68 yildan buyon Britaniya qiroliçasi hisoblanadi va bu vaqt davomida u britaniyaliklarga faqat tört marta navbatdan taşqari murojaat qilgan.

Beşinçi murojaat 6 aprel kuni koronavirus munosabati bilan amalga oşirildi. Oldingi holatlar qaçon sodir bölgan? Bu voqealarning nimasi Britaniya uçun muhim bölgan?

«Sahrodagi böron»

1990-1991 yillardagi Fors körfazi uruşidan keyingi ğalaba paradida / GETTY IMAGES

Yelizaveta II har yili odatiy tarzda Rojdestvo munosabati bilan britaniyaliklarga murojaat qiladi. Uning navbatdan taşqari (favqulodda desa ham böladi) ilk murojaati 1991 yil 24 fevral kuni amalga oşiriladi. Öşanda Iroq Kuvaytga bostirib kirgaç, AQŞ va Britaniya boşçiligidagi xalqaro koalitsiya Iroqqa 1991 yil 15 yanvargaça öz qöşinlarini olib çiqib ketiş talabini qöyadi. Saddam Husayn boşçiligidagi iroqliklar talabni bajarmagaç, koalitsiya havo zarbalari berişni boşlaydi.

24 fevralda quruqlik qöşinlari harbiy harakatlarni boşlaydi. Bu hujumda britaniyalik askarlar ham qatnaşadi va unga «Sahrodagi böron» deb nom beriladi. Şu sabab boş qömondon qiroliça Britaniya xalqiga navbatdan taşqari murojaat qiladi: «Jamiyatni birlaştiriş uçun «Biz birgamiz», deyişning özi kifoya emas. Bu uçun çindan birga böliş kerak. Xalqimiz bizning qurolli kuçlarimiz bilan faxrlanadi.

Ittifoqçilarimiz bilan birga harbiylarimiz tezda muvaffaqiyat qozonişadi va imkoni boriça kam yöqotiş va qiyinçiliklar bilan ortga qaytişadi. Harbiylarimiz munosib bölgan mukofotlari — tinç va adolatli dunyoga erişadilar deb umid qilaman», degandi öşanda qiroliça.

Iroq va Kuvayt örtasidagi uruşda Britaniya askarlari nima qilib yurgandi deysizmi? Saddam Husayn Kuvaytga bostirib kirib, BMT rezolyutsiyasini buzgaç, «dunyo egalari» sifatida AQŞ va Britaniya xalqaro koalitsiya safida muvozanatni buzgan Iroqni jazolaşga kirişgandi. Bu janglarda Britaniya armiyasining 24 nafar harbiysi halok böladi. Şuningdek, qirollik armiyasi Iroqdagi uruşda 2ta tank va 8ta samolyot yöqotadi.

Diananing vafoti

Chris Jackson/Getty Images

Qiroliça britaniyaliklarga ikkinçi marta 1997 yil favqulodda murojaat qiladi. Öşanda malika Diana fojiali tarzda halok bölgandi. Diananing vafoti tarixdagi eng sirli ölimlardan biri bölib qoladi. U qotillik qurboni bölgani haqida köp gapirilgan va suriştiruvlar ham ötkazilgan, ammo rasmiy ma'lumotlarda ölim sababi özgarmagan - baxsiz hodisa.

Yaqinda qonidan koronavirus aniqlangan şahzoda Çarlz esingizdami? Diana uning rafiqasi edi. Çarlz qiroliçaning tönğiç öğli, Diana esa qiroliçaning kelini, ya'ni Britaniya malikasi bölgan. 16 yil davomida qirollik malikasi degan şarafli nomni kötarib yurgan Diana 36 yoşida halokatli ölim topgandi. Hozirda malika Diananing tarixi haqida gapirmoqçi emasmiz, gap uning ölimi va buni Britaniya qanday qabul qilgani haqida.

Yumşoq qilib aytganda, xulqi borasida unçalik yaxşi nom çiqarmagan Diana 1997 yil 31 avgust kuni Parijda avtohalokatga uçrab, halok böladi. U maşinada yolğiz bölmaydi. Diana Parijda «dösti» misrlik Dodi al Fayyed bilan birga vaqtini ötkazayotgan böladi. Ular ketayotgan «Mercedes» S280 Parijdagi Alma köprigida halokatga uçraydi. Maşinada bölgan malika Diana, Dodi al Fayyed va haydovçi halok böladi.

Ularning qöriqçisi bölgan Trevor Ris-Jons esa omon qoladi. Fransiya huquq-tartibot organlari voqea yuzasidan 18 oy davomida suriştiruv ötkazişadi va uning xulosasida halokat haydovçi katta tezlikda nazoratni qöldan çiqargani oqibatida sodir bölgani aytiladi. Dodining otasi misrlik milliarder Muhammad al-Dodining özi ham mustaqil tarzda suriştiruv ötkazib, bu qotillik bölgani, uni qirollik oilasining buyruğiga binoan Britaniya maxfiy razvedka taşkiloti MI-6 uyuştirganini aytadi. Biroq bu ayblov tezda rad etiladi.

Yelizaveta II Diananing ölimida ayblanayotgan bir vaqtda kelinining vafotidan ezilganini 1997 yil 5 sentyabrdagi favqulodda murojaatiga bayon qilgandi: «Ayriliqning azobini ifodalab bölmaydi. Bu xabarni eşitganda dastlab odamning xayolida har xil tuyğular aralaşib ketadi: işonçsizlik, tuşunmovçilik, alam... va qolganlar haqida qayğuriş. Oxirgi kunlarda biz mana şularni tuydik.

U boşqaça edi. Qiyin damda ham tabassum qilişdan töxtamasdi. Uni boşqalarga ham xuş kayfiyat ulaşgani uçun yaxşi körar, hurmat qilardim. Sizlarga nafaqat qiroliçangiz, balki nabiralarini ovutişi kerak bölgan buvi sifatida murojaat qilyapman. Hozir Uilyam va Harriga bu oğir dardni kötarişda yordam berişga harakat qilyapmiz», degandi qiroliça öşa murojaatida.

Darvoqe, qiroliçaning murojaatida ta'kidlangan bir söz yuqorida keltirilgan şubhalar haqida yana öylaşga majbur qiladi: işonçsizlik.

Ona qiroliçaning vafoti

Qiroliçaning navbatdagi favqulodda murojaati 2002 yilda böladi. Öşa yili qiroliça Yelizaveta II ’ning onasi Yelizaveta Bouz-Layon 30 mart kuni vafot etgandi. 1900 yilda tuğilgan sobiq qiroliça oz emas, köp emas 102 yil umrguzaronlik qiladi. Ölim sababi sifatida köplab tibbiy terminlarni keltiriş örinsiz, bizningça. Bir söz bilan aytganda, u oşini oşab, yoşini yaşab ajali bilan ölgandi. 16 yil davomida Britaniya qiroliçasi bölgan Yelizaveta 1952 yilda turmuş örtoği qirol Georg VI vafotidan söng öz joyini qiziga böşatib bergan va qizi bilan bir xil unvonda bölib qolmaslik maqsadida qiroliça emas, ona qiroliça deb atala boşlandi.

2002 yilgi favqulodda murojaat şu munosabat bilan bölgandi. Qiroliça onasini yöqotganda ança pozitiv va tabiiy ohangda gapirgandi: «Hayotim davomida köplab yaqinini yöqotganlarni kördim. Ular orasida yaqinlarini dahşatli voqealarda yöqotganlar ham bor edi. Şu bois bu borada mening omadim bor ekan, desam böladi. Volidam uzoq umr kördi. U heç qaçon yaşaşga bölgan umidini söndirmagan. Umid qilaman, dafn marosimida barçamizning qalbimizdagi alam örnini şukronalik hissi egallaydi va köplab yaxşi damlarni eslaymiz».

Sulolaning eng uluğvor vakili

Nazvaniye

Nihoyat törtinçi navbatdan taşqari murojaatni qiroliça Yelizaveta II taxtga ötirganining 60 yilligi munosabati bilan yöllagandi. Şu yerda qiroliça haqida ikki oğiz. 93 yoşida ham dadil bölgan Yelizaveta II 1952 yildan buyon, ya'ni 68 yildan beri Britaniya qiroliçasi hisoblanadi. Yuqorida aytganimizdek, u bu lavozimni onasidan 25 yoşida qabul qilib olgan. Vindzor sulolasining eng uluğvor vakili bölgan Yelizaveta II qirollik taxtida eng uzoq vaqt qolayotgan monarx hisoblanadi. Zamonaviy dunyoda ham bu borada unga yetadigani yöq.

Yaponiya kabi davlatlarda imperatorlar rasman ramziy ma'nodagi rahbar ekani aytilsa, Britaniyada bunday emas. Köpçilik Britaniyada ham şunday, mamlakatni aslida boş vazir boşqaradi deydiganlar, şoşmasdan, ba'zi manbalarni titkilab körganlari ma'qul. Davlatçilik tarixida uzoq vaqtdan buyon katta obröga ega Britaniyani Vindzorlar sulolasi boşqarişi fakt. Ya'ni, katta bitta oila. Qiroliça esa bu oilaning rahbari.

Sulolaning heç bir vakili Yelizaveta II kabi katta obro‘ va hokimiyatga ega bölmagan. U yoşlik paytida hukumatga kelib köplab katta özgarişlar vaqtida ham monarxlik obrösini tuşirib qöymadi. Ma'lumot uçun, qiroliça Britaniyada rasman qirolli kuçlar qömondoni, 15ta respublikada esa rasman monarx hisoblanadi. Ular orasida Kanada, Avstraliya, Yangi Zelandiya, Yamayka kabi katta davlatlar ham bor. Demak, töliq ismi Yelizaveta Aleksandra Mariya bölgan qiroliça 2012 yil taxtga ötirganining 60 yilligi munosabati bilan xalqiga murojaat yöllaydi. Bu kun mamlakatda qiroliçaning «olmos tuğilgan kuni» sifatida nişonlangandi.

Öşanda parlamentda çiqiş qilgan qiroliça hammani kuldirgandi: «Vestminsterga köp kelganman. Adaşmasam, hozirgaça 12 nafar boş vazirni gaplarimga maftun qilganman», degandi qiroliça. Balki bu bilan boş vazirlarga siz baribir ketasiz, men esa qolaveraman, degandir. Axir uning davrida qanday insonlar boş vazir bölmadi deysiz: Uinston Çerçill, Margaret Tetçer, Toni Bler.

Darvoqe, öşa nutqdan söng Britaniyada yana ikki marta boş vazir özgardi. 2016 yilda Devid Kemeron (2010-2016) örniga Tereza Mey keldi, 2019 yilda esa breksit masalasida bir qarorga kela olmagan boş vazir iste'foga çiqişga majbur bölib, uning örniga sobiq taşqi işlar vaziri Boris Jonson keldi va Breksit amalga oşdi. Aytgança, Jonson 10 kundan buyon koronavirus bilan olişib, oxir-oqibat kasalxonaga yotqizildi. Qiroliçani esa 68 yillik rahbarligi davomida 5-navbatdan taşqari murojaatida şunçalik avaylaşdiki, koronavirus pandemiyasi munosabati bilan sözlangan nutqni xonada faqat operatorning özi yozib olgan. U ham maxsus kiyimda bölgan. Balki şuning uçun qiroliça 93 yoşida ham alifdek tik bölsa kerak...