«Yaxshi kunlar yana qaytadi»: Yelizaveta II koronavirus pandemiyasi munosabati bilan millatga murojaat qildi
Britaniya qirolichasi Yelizaveta II koronavirus pandemiyasi munosabati bilan millatga rejadan tashqari murojaat qildi. U o‘z nutqida pandemiyani mamlakat uchun “iztiroblar vaqti” ekanini aytdi va britaniyaliklarni u olib keladigan sinovlarni qabul qilishga chaqirdi.

Foto: REUTERS
93 yoshli qirolicha kelajakda hamma bu qiyinchiliklarni yengib o‘ta olganlari bilan faxrlana olishlariga umid bildirgan. “Bizdan keyin keladiganlar bu avloddagi britaniyaliklar avvalgilari kabi kuchlidir, deb aytadilar”, deb ta'kidlab o‘tgan qirolicha. U, shuningdek, yaxshi kunlar qaytishi va odamlar yana do‘stlari va yaqinlari bilan ko‘risha olishlarini aytgan.
Yelizaveta II joriy sharoitda intizomli bo‘lish muhimligini ta'kidlab o‘tgan va hukumat tavsiyalariga amal qilib, uylarida qolayotgan britaniyaliklarga minnatdorlik bildirgan. Qirolicha barcha davlatlar pandemiyaga qarshi kurash uchun sa'y-harakatlarini birlashtirayotganini ta'kidlab o‘tgan.
“Biz fanning ulkan yutuqlarini va shifo topishga intilishdan foydalanib, butun dunyo xalqlari bilan sa'y-harakatlarimizni birlashtirmoqdamiz. Biz muvaffaqiyatga erishamiz va bu muvaffaqiyat har birimizga tegishli bo‘ladi”, deb ta'kidlab o‘tgan qirolicha.
Yelizaveta II joriy vaziyat unga 1940 yilni eslatishini, o‘shanda u marhum singlisi Margaret bilan birga Vindzor saroyidan nemis bombardimonlaridan evakuatsiya qilingan bolalar bilan suhbatlashganini aytib o‘tgan.
Qirolicha o‘z nutqida Ikkinchi jahon urushi vaqtidagi We'll meet again (Biz yana uchrashamiz) qo‘shig‘i so‘zlarini yodga olgan. “Biz hali ko‘p narsani boshdan o‘tkazishimizga to‘g‘ri kelsa-da, yaxshi kunlar yana qaytadi. Biz yana do‘stlarimiz, oilalarimiz bilan birga bo‘lamiz, yana ko‘risha olamiz”, deb aytgan Yelizaveta II.
Qirolicha, shuningdek, koronavirusga qarshi kurashayotgan shifokorlarga ham alohida minnatdorlik bildirgan. “Birgalikda bu kasallikni yengamiz va sizga shuni va'da qilamanki, agar birdam va matonatli bo‘lib qolsak, kasallikni yenga olamiz”, deb ta'kidlab o‘tgan qirolicha.
Yelizaveta II’ning murojaati Vindzor saroyida yozilgan. Bloomberg axborot agentligining ma'lum qilishicha, suratga olish guruhidan murojaat yozilgan xonada faqatgina operator bo‘lgan. U qirolichani xavfga qo‘ymaslik uchun himoya kiyimida bo‘lgan.
Yelizaveta II bugungi kungacha millatga 4 marta rejadan tashqari murojaat qilgan: 1991 yilda Fors ko‘rfazidagi urush vaqtida, 1997 yilda malika Diana dafn etilishi oldidan, 2002 yilda ona qirolicha o‘limidan keyin va 2012 yilda o‘zining taxtga o‘tirganining 60 yilligi nishonlangandan keyin.
Tavsiya etamiz
O‘zbekiston Mobiuz kompaniyasini xalqaro sotuvga qo‘ydi
O‘zbekiston | 23:10 / 09.06.2025
Toshkentda ilk BRT tizimi: u qanday ko‘rinishda bo‘ladi?
O‘zbekiston | 20:17 / 07.06.2025
Bir nechta tashkilotlar Enter Engineering kompaniyasini sudga berdi
O‘zbekiston | 17:39 / 07.06.2025
Xatolar ulg‘aytirgan jamoa. O‘zbekistonning mundial sari uzoq yo‘li haqida
Sport | 15:27 / 07.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tramp Ukraina va Rossiya o‘rtasidagi muzokaralar bo‘yicha yangi bayonot berdi
Jahon | 23:40 / 12.06.2025
-
Global qochqinlar soni 2011 yildan beri birinchi marta kamaydi – BMT
Jahon | 23:02 / 12.06.2025
-
Florida gubernatori namoyishchilarni avtomobilda urib yuborish mumkinligini aytdi
Jahon | 23:01 / 12.06.2025
-
Yangi Toshkentda «Peterburg mahallasi» bo‘ladi
O‘zbekiston | 22:28 / 12.06.2025
Mavzuga oid

13:43 / 11.06.2025
Beshta davlat ikki isroillik vazirga qarshi sanksiyalar kiritdi

15:52 / 10.06.2025
Britaniya moliya tashkiloti O‘zbekistondagi xususiylashtirish loyihalarida ishtirok etadi

10:49 / 10.06.2025
Britaniyalik taniqli yozuvchi Frederik Forsayt vafot etdi

14:10 / 09.06.2025