Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
YeI Suriya, Venesuela, Eron va KXDRdan ularning tibbiy yordam olishiga xalal berayotgan sanksiyalarni olib tashlashga chaqirdi
24 mart kuni BMT bosh kotibi Antoniu Guterresh “Katta yigirmatalik” davlatlari yetakchilariga maktub yo‘llab, ularni oziq-ovqat, tibbiy yordam buyumlarni yetkazishga to‘sqinlik qiluvchi sanksiyalarni bekor qilishga chaqirgandi.
Foto: Aleks Maknoton
Yevroittifoq boshqa davlatlarni Suriya, Venesuela, Eron va KXDRdan koronavirus tarqalishi sababli ularning tibbiy va gumanitar yordam olishiga xalal berayotgan sanksiyalarni olib tashlashga chaqirmoqda. Bu haqda YeI diplomatiyasi rahbari Jozep Borrel ma'lum qildi.
"Bizning sanksiyalarimiz gumanitar yordam yetkazishga xalaqit bermayapti. Boshqa mamlakatlar ham bizning yo‘limizdan borishini va tibbiy jihozlar sanksiya ostidagi davlatlarga yetib borishini istardik. Masalan, Suriya, Venesuela, Eron va KXDRga", - dedi u BMT bosh kotibining sanksiyalarni olib tashlash to‘g‘risidagi chaqirig‘ini qo‘llab-quvvatlashini ta'kidlarkan.
24 mart kuni BMT bosh kotibi Antoniu Guterresh “Katta yigirmatalik” davlatlari yetakchilariga maktub yo‘llab, ularni koronavirus pandemiyasi ortida oziq-ovqat, tibbiy yordam va birinchi ehtiyojdagi buyumlarni yetkazishga to‘sqinlik qiluvchi sanksiyalarni bekor qilishga chaqirgandi.
Mavzuga oid
12:04 / 16.04.2026
Yangi biometrik chegara nazorati YeI aeroportlarida muammo chiqardi
07:45 / 09.04.2026
Infografika: Xitoy qarzi YeIni ortda qoldirdi
11:06 / 06.04.2026
"Rossiya NATO bilan cheklanmaydi"- siyosatshunos
12:00 / 24.03.2026