Fransiyadan keltirilgan 850 tup shaftoli ko‘chati yoqish yo‘li bilan yo‘q qilindi
Fransiya davlatidan O‘zbekistonga import qilingan 12 300 tup turli mevali daraxt ko‘chatlari «Xorazm TIF» O‘KChM inspektorlari tomonidan karantin ko‘rigidan o‘tkazilib, O‘simliklar karantini davlat inspeksiyasining Markaziy karantin laboratoriyasiga ekspertiza uchun yuborildi.
Laboratoriya xulosasiga ko‘ra, 850 tup shaftoli (jumladan nektarin) ko‘chatida «Bo‘rtma nematodasi» va «Janub bo‘rtma nematodasi» kabi zararli organizmlar mavjudligi aniqlandi.
Bo‘rtma nematodalar (Meloidogyne ) – o‘simliklarda parazitlik qiluvchi nematodalar oilasiga kiradi. Ular turli o‘simliklarning yer ostki qismida parazitlik qilib, shish (bo‘rtma) hosil qiladi. Ayniqsa, pomidor, bodring, sabzi, piyoz, g‘o‘za ekinlari, gilos, o‘rik va boshqa turdagi mevali daraxtlarni kuchli zararlaydi. Ayni paytgacha dunyo bo‘yicha bo‘rtma nematodalar bilan 2 ming turga yaqin turli oilaga mansub madaniy va yovvoyi o‘simliklar zararlanishi aniqlangan bo‘lib, bu holat yil sayin ortib bormoqda. Bo‘rtma nematoda nafaqat mavjud hosilni nobud qiladi, balki sug‘orish, texnika va tuproq orqali boshqa dalalarga ham tarqaladi.
O‘zbekiston Respublikasining «O‘simliklar karantini to‘g‘risida»gi qonuniga muvofiq, mamlakatimizga olib kirilayotgan karantin ostidagi har bir mahsulot fitosanitar talablarga to‘liq javob berishi lozim.
Belgilangan qonun talablari asosida kasallik aniqlangan shaftoli ko‘chatlari «Xorazm TIF» O‘simliklar karantini chegara maskani inspektorlari hamda tegishli tashkilotlarning mas'ul xodimlari ishtirokida yoqish yo‘li bilan yo‘q qilindi.
Shu o‘rinda aytish lozimki, tadbirkorlar karantin ostidagi har bir mahsulotni O‘zbekistonga olib kirishi uchun karantin ruxsatnomasi hamda eksport qiluvchi mamlakatning o‘simliklar karantini bo‘yicha davlat organlari tomonidan beriladigan fitosanitariya sertifikati yoki guvohnomasini olishi shart. Zero, fitosanitar qoidalarga qat'iy amal qilinsagina, mamlakatimiz ekinzorlari, bog‘-rog‘lari hamda dala maydonlari zararlanishining oldi olinadi.
Tavsiya etamiz
Samarqand shahriga kirish yo‘llari vaqtincha yopiladi
O‘zbekiston | 21:35 / 30.03.2025
Dunyo bo‘ylab Ramazon hayiti qanday kutib olindi – fotolar
Jahon | 20:30 / 30.03.2025
AQSh «Tolibon» bilan aloqa o‘rnatyaptimi?
Jahon | 16:25 / 30.03.2025
Germaniyadagi shaharcha gazetada e’lon berib, yangi hokim axtarmoqda
Jahon | 07:57 / 30.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Dunyodagi eng yashil shaharlardan biri ekologik maqsadlariga erisha olmagani uchun jarimaga tortildi
Jahon | 23:40 / 31.03.2025
-
Germaniyada bankir tovuqlar ijarasi bilan shug‘ullanish uchun ishdan bo‘shadi
Jahon | 23:24 / 31.03.2025
-
Andijonda masjidda gaz portladi. Asosiy ma’lumotlar
O‘zbekiston | 23:19 / 31.03.2025
-
Google’ning Gemini sun’iy intellekt servisi barcha foydalanuvchilar uchun bepul bo‘ldi
Jahon | 22:44 / 31.03.2025
Mavzuga oid

18:00 / 20.03.2025
Shavkat Mirziyoyev Bektemirdagi yangi bog‘ga ko‘chat ekdi

17:50 / 01.03.2025
Ko‘chatlar nima sababdan quriydi, ularni qanday ekish kerak o‘zi? – mutaxassis bunga javob berdi

09:43 / 21.02.2025
2 tup daraxt kesgan fuqaro 223 ta ko‘chat ekib berdi

23:07 / 07.08.2024