Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
JSST Yevropada karantin choralarini yengillashtirishga hali erta deb hisoblamoqda
Avvalroq Avstriya kansleri Sebastyan Kurs mamlakatda aprel o‘rtalaridan cheklov choralarini yumshatish rejalashtirilayotganini ma'lum qilgandi.
Yevropa mamlakatlari uchun koronavirus pandemiyasini to‘xtatish maqsadida joriy etilgan cheklov choralarini yengillashtirish vaqti hali kelmadi. Bu haqda Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining Yevropadagi bo‘limi direktori Xans Klyuge aytdi.
"Hozir karantin choralarini bo‘shashtirish vaqti emas. Hozir umumiy sa'y-harakatlarimizni ikki va uch baravarga oshirish vaqti)", - dedi u.
U shu bilan birga qator mamlakatlarda koronavirus bilan bog‘liq vaziyat borasida "ijobiy belgilar" kuzatilayotganini e'tirof etdi.
Avvalroq Avstriya kansleri Sebastyan Kurs mamlakatda aprel o‘rtalaridan cheklov choralarini yumshatish rejalashtirilayotganini ma'lum qilgandi.
Mavzuga oid
14:07 / 11.06.2026
Yevropada AQShga ishonch tarixiy minimumga tushdi
10:08 / 11.06.2026
Yonilg‘i narxlari oshishi Yevropada elektromobillarga talabni kuchaytirdi
10:17 / 10.06.2026
Yevropa robotaksi sinovlarini tezlashtirishga qaror qildi
08:44 / 08.06.2026