Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Misrda komendantlik soati yana yarim oyga uzaytirildi
Misrda koronavirus tarqalishini to‘xtatish uchun kiritilgan umummilliy ko‘lamdagi komendantlik soati yana 15 kunga uzaytiriladi.
Bu haqda mamlakat bosh vaziri Mustafo Madbuliyga tayanib “Al-Arabiya” telekanali xabar berdi.
Shu tariqa, bu choralar 23 aprelgacha davom etadi.
Ta'kidlanishicha, mamlakatda endi komendantlik soati soat 19dan emas, balki soat 20dan soat 6gacha davom etadi.
Shuningdek, aeroportlar yana 2 hafta yopiq bo‘ladi. Jamoat muassasalari va davlat xizmatlarining aksariyati bu vaqtda ishlamaydi.
8 aprel holatiga ko‘ra, Misrda koronavirusga chalinganlar soni 1450 nafarni, vafot etganlar soni 94 nafarni tashkil qilmoqda. Kasallanganlardan 276 nafari sog‘ayib ketgan.
Mavzuga oid
09:41 / 23.05.2026
O‘zbekiston fuqarolari qaysi davlatlarga ko‘proq bormoqda?
22:30 / 16.04.2026
Saudiya, BAA, Misr. Eron urushiga uch xil yondashuv
10:43 / 19.03.2026
Misrning yuzga yaqin dori vositasi O‘zbekistonda mahalliylashtiriladi
11:40 / 06.03.2026