Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Britaniyada Nazarboyevlarga tegishli 100 mln dollarlik ko‘chmas mulkdan taqiq olindi
Britaniya sudi Qozog‘istonning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyevning oilasiga tegishli 100 mln dollarlik ko‘chmas mulkka taqiqni bekor qildi.
Nazarboyevning qizi Darig‘a Nazarboyeva va nabirasi Nurali Aliyev Britaniya milliy kriminal agentligi (NCA) bilan “asoslanmagan boylik” bo‘yicha sudni yutib chiqqan. Bu haqda Financial Times nashri xabar berdi.
Qirollik oliy sudi Darig‘a Nazarboyeva va Nurali Aliyevni aybsiz deb topgan. Ularga nopok topilgan pullarga olingan 80 mln funt sterlinglik (100 mln dollar) ko‘chmas mulkka egalik qilish ayblovi qo‘yilgandi. Ta'kidlanishicha, NCA sudning bu qarori ustidan shikoyat qilmoqchi.
Sudya Nazarboyevlarni ko‘chmas mulk uchun pul to‘lay oladigan darajada badavlat deb ta'kidlab o‘tgan. Shuningdek, ular oxirgi yillarda Darig‘a Nazarboyevaning sobiq turmush o‘rtog‘i, 2015 yilda vafot etgan Rohat Aliyev bilan deyarli muloqot qilmaganlari o‘rnatilgan. NCA tergovchilari taxminicha, ko‘chmas mulk Aliyevning jinoiy faoliyatidan olingan pullarga xarid qilingan.
11 mart kuni Nazarboyevlarga tegishli Londondagi uchta ko‘chmas mulkka - Bishops-avenyudagi 39 mln funt sterlinglik uyga, Chelsidagi 32 mln funt sterlinglik kvartiraga va Xaygeytdagi 9 mln funt sterlinglik uyga taqiq qo‘yilgandi.
Mavzuga oid
14:24 / 21.06.2026
London shimolida ikki poyezd to‘qnashdi
08:47 / 19.06.2026
May oyida Toshkent uy-joy bozorida qanday o‘zgarishlar bo‘ldi?
12:25 / 22.05.2026
IPO nima va UzNIF aksiyalarini qanday sotib olish mumkin?
20:36 / 20.05.2026