Londonda 2019 yilda “asoslanmagan boylik” sifatida taqiq qöyilgan haşamatli köçmas mulk egalari nomi oşkor qilindi. Köçmas mulk Qozoğistonning birinçi prezidenti Nursulton Nazarboyevning qatta qizi Dariğa Nazarboyeva va uning öğli Nurali Aliyevga tegişli ekani ma'lum böldi. 

Bu haqda BBC telekanali Transparency International va Finance Uncovered taşkilotlari ötkazgan tergovga tayanib xabar berdi.

Foto: BBC 

Ma'lum qilinişiça, Dariğa Nazarboyeva va uning öğli Nurali Aliyev 100 mln dollardan köproqqa Londonning nufuzli tumanlarida ikkita villa va apartamentlar sotib olgan. Uşbu köçmas mulkning hozirgi narxi ança yuqori bölişi mumkin. 

Uylardan biri Britaniyaning eng qimmatbaho köçalaridan biri Bişops-avenyuda, boşqasi Xaygeyt tumanida joylaşgan. Şuningdek, Çelsi tumanida katta kvartira xarid qilingan. Bu köçmas mulk obektlariga 2019 yil bahorida Britaniya huquq-tartibot idoralari sörovi bilan taqiq qöyilgan. Öşanda obektlar taniqli siyosiy şaxs bilan boğlangani ma'lum qilingan, biroq na manzil, na ismlar oşkor qilingan.

10 mart kuni London oliy sudi köçmas mulk egalarining e'tirozlariga qaramay, mulk egalari haqidagi ma'lumotni oşkor qilişga ruxsat bergan.

Uylarga Britaniyada şubhali pullarga uy sotib oliş orqali pul yuvişga qarşi qaratilgan yangi kampaniya doirasida taqiq qöyilgan. Bu kuraş doirasida mulk egasi mulkning halol topilgan pullarga xarid qilinganini isbotlay olmasa, mulk musodara qilinişi mumkin.

Ta'kidlanişiça, Nazarboyeva va uning öğliga tegişli köçmas mulk obektlari uçta oşforda rasmiylaştirilgan. Britaniyaning jinoyatçilikka qarşi kuraşiş milliy agentligi (NCA) tergovçilari taxminiga köra, köçmas mulk obektlari Nurali Aliyevning otasi va Dariğa Nazarboyevaning sobiq turmuş örtoği Rohat Aliyevning jinoiy faoliyatdan olingan daromadlariga xarid qilingan.

Agar Nazarboyeva va Aliyev sudda taqiq böyiça muvaffaqiyatli bahslaşa olsalar, u bekor qilinadi. Aks holda ular köçmas mulk obektlari sotib olingan pullarning qonuniyligini isbotlaşlariga töğri keladi.

Agar ular buni qila olmasalar, Britaniya huquq-tartibot idoralari köçmas mulkni musodara qiliş va auksionda sotişga ruxsat berilişini sörab sudga murojaat qiladi. Köçmas mulk sotilişidan olinadigan mablağ Britaniya ğaznasiga tuşadi.