«Ular xalqimiz uchun astoydil mehnat qilishmoqda» - Alisher Shodmonov shifokorlarga ehtirom ko‘rsatdi
Bugun O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlardan yana 8 nafari butunlay sog‘ayib, ushbu darddan forig‘ bo‘lganlar 38 nafarga yetdi.
Sog‘liqni saqlash vazirligi bunday natija zamirida bor mahoratini ishga solib, fidoyilik ko‘rsatayotgan tibbiyot xodimlarining zahmatli mehnatini e'tirof etdi.
Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasi jamoasiga Sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov shifokorlarga alohida ehtirom ko‘rsatib, guldastalar bilan birga, chuqur minnatdorlik izhor etdi.
«Sababi ular bugungi kun qahramonlari. Bu e'tirof dunyoning barcha mintaqalarida, davlatlarida yangrayotgani ham bejiz emas. Chunki jahon bo‘ylab insonlar hayotiga tahdid solayotgan koronavirus infeksiyasiga qarshi, birinchi navbatda, shifokorlar jasorat va matonat ko‘rsatishmoqda. Yuz minglab bemorlarning hayoti uchun kecha-yu kunduz jon kuydirayotgan tibbiyot xodimlariga milliardlab insonlarning umid ko‘zlari qadalgan. Darddan forig‘ bo‘layotgan insonlar quvonchi esa qahramon tibbiyot xodimlariga kuch-g‘ayrat, ishtiyoq bag‘ishlamoqda.
Bunday vatanparvarlik namunasini mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan minglab shifokorlarimiz misolida ham ko‘rishimiz mumkin. Ular oilasi, yaqinlari, xalqimiz uchun maxsus tibbiyot va karantin muassasalarida koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olishga astoydil harakat qilishmoqda. Shunday ekan, ularning mehnati har qancha ehtiromga munosibdir»,deya Alisher Shodmonovning so‘zlarini keltirmoqda Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi.
Mavzuga oid
15:56 / 08.10.2024
Tug‘uruqxonalardagi o‘limni qanday kamaytirish mumkin? – Saudiyada ishlayotgan o‘zbek shifokori bilan suhbat
17:35 / 03.10.2024
Sirdaryoda nogiron bolaning onasidan tibbiy xulosa uchun pul olgan shifokorga hukm o‘qildi
11:50 / 17.09.2024
«Chegara bilmas shifokorlar» Rossiyadagi faoliyatini to‘xtatganini e’lon qildi
12:19 / 10.09.2024