Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yevropa ittifoqi boshqa davlatlarga 20 mlrd yevrolik yordam dasturini yo‘lga qo‘yadi
Yevropa ittifoqi hamkor davlatlarga koronavirus pandemiyasi va uning oqibatlari bilan kurashishga qaratilgan yordam dasturi “Team Europe”’ni yo‘lga qo‘ymoqda.
Bu haqda Yevropa ittifoqi diplomatiyasi rahbari Jozep Borrel ma'lum qildi.
“Maqsad eng zaif davlatlarga, jumladan Afrikaga, Yevropa ittifoqi bilan qo‘shni davlatlarga hamda Osiyo-Tinch okeani, Lotin Amerikasi va Karib havzasidagi davlatlarga yordam berishdan iborat”, deb aytgan Borrel Bryusseldagi matbuot anjumanida.
“Team Europe” yondashuvi Yevropa ittifoqi, unga a'zo davlatlar va moliyaviy tashkilotlari, jumladan Yevropa investitsiya banki va Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki resurslarini birlashtiradi”, deb tushuntirgan Yevropa ittifoqi vakili.
Borrel Yevropa komissiyasi va Yevropa investitsiya banki mavjud mablag‘lardan Yevropa ittifoqining tashqi siyosiy faoliyatiga 15,6 mlrd yevrodan ko‘proq mablag‘ ajratishga va'da berganini eslatib o‘tgan.
“Yevropa ittifoqi davlatlari hamda Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki majburiyatlari evaziga 200 mlrd yevrodan ko‘proq pul olamiz”, deb qo‘shimcha qilgan Borrel.
Bryusselda ta'kidlanishicha, ushbu yordam birinchi navbatda taqdim qilinadigan obektlar eng yuqori xavf ostidagi odamlar, jumladan, bolalar, ayollar, qariyalar va nogironlar hamda migrantlar, qochqinlar, ichki ko‘chirilgan odamlar va ularni qabul qiluvchi hamjamiyatlar vakillari bo‘ladi.
Yordam paketi sog‘liqni saqlash sohasidagi inqiroz va undan kelib chiquvchi gumanitar ehtiyojlar: sog‘liqni saqlash tizimini mustahkamlash, suv ta'minoti va sanitariya, hamkor davlatlarning salohiyati va pandemiyaga qarshi kurashga tayyorligi, ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlarni yumshatish, nochorlikni kamaytirish bo‘yicha hukumat islohotlariga javob berishga qaratiladi.
7 aprelda Yevropa komissiyasi raisi Ursula fon der Lyayyen Yevropa ittifoqi koronavirusga qarshi kurash uchun butun dunyo bo‘ylab 15 mlrd yevrodan ko‘proq mablag‘ ajratishini e'lon qilgandi.
“Biz butun dunyoning muvofiqlashgan munosabati bilan pandemiyani uddalay olamiz. Mana, nima uchun biz hamkorlarimizni qo‘llab-quvvatlashimiz lozim. Koronavirusga qarshi kurash butun dunyoda ustun kelayotganiga ishonchimiz komil bo‘lishi bizning manfaatlarga xizmat qiladi”, deb aytgandi Ursula fon der Lyayyen.
Mavzuga oid
18:39 / 03.11.2025
Yevropa ittifoqi O‘zbekistonda kinofestival o‘tkazadi
18:37 / 21.09.2025
COVID-19 pandemiyasi boshlanishini yoritgan xitoylik jurnalist 4 yilga qamaldi
20:22 / 17.09.2025
Yevroittifoq sharqiy chegaralarda «dron devori» barpo etilishini tezlashtirmoqda
15:47 / 06.08.2025