Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp razvedka Oq uyni koronavirus xavfidan noyabrda ogohlantirgani haqidagi xabarlarni yolg‘on deb atadi
AQSh prezidenti Donald Tramp razvedka xizmati Oq uyni koronavirus xavfidan 2019 yil noyabrda ogohlantirgani haqidagi xabarga munosabat bildirdi. Bu haqda prezident tvitterdagi shaxsiy sahifasida post qoldirdi.
Avvaliga siyosatchi Frank Luns ABC nashri bergan xabar rad etilgani haqida yozib milliy tibbiyot razvedkasining bu boradagi bayonotini keltirdi (unda noyabrda koronavirus haqida ma'lumot berilgani haqiqatga to‘g‘ri kelmasligi aytilgan). Tramp bu postga javob yozib ABC nashrini yolg‘onchi deb atadi: «Rahmat, Frenk. Bu AVS’ning navbatdagi yolg‘on xabari. Ular barchasi o‘ylab topilganini xabarni chiqarayotgandayoq bilishgan».
Thank you Frank. It’s ABC Fake News. They knew they were wrong when they went with this Hoax of a story! https://t.co/FHkRaW3BTi
— Donald J. Trump (@realDonaldTrump) April 10, 2020
AVS o‘zining manbalariga asoslanib AQSh milliy tibbiyot razvedkasi noyabr oyidayoq Uhanda koronavirus tarqalayotgani haqida Oq uyni ogohlantirganini xabar qilgandi. Unda noyabrda maxsus brifing tashkil qilinib bu haqda AQSh razvedka tashkilotlari rahbarlari hamda Oq uy xabardor qilingani haqida aytilgandi.
Ma'lumot uchun, Xitoyda paydo bo‘lgan koronavirusdan eng ko‘p jabr ko‘rgan davlat aynan AQSh bo‘lib turibdi. Mamlakatda virus yuqtirganlar soni 468 mingdan oshib ketdi. 16,6 mingdan ortiq odam bu kasallikdan halok bo‘ldi.
Mavzuga oid
22:10 / 11.05.2026
AQSh Kuba qirg‘oqlarida razvedka faoliyatini kuchaytirdi
08:50 / 24.04.2026
Tramp: Putin G20 sammitiga kelsa, foydali bo‘ladi
12:07 / 23.04.2026
MIVD: Moskva NATOni mag‘lub etishni emas, bo‘lishni ko‘zlayapti
08:55 / 23.04.2026