Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yevropa ittifoqi davlatlari iqtisodiyotini qo‘llab-quvvatlashga 500 mlrd yevro ajratiladi
Yevropa ittifoqi davlatlari koronavirus pandemiyasi olib kelgan inqirozni yengish uchun yangi moliyaviy choralar bo‘yicha kelishdi. Mablag‘lar biznesni, ishsizlikka qarshi kurashni hamda inqirozdan jabr ko‘rgan davlatlarni qo‘llab-quvvatlashga ajratiladi.
Bu haqda Yevroguruh prezidenti Mario Sentenu ma'lum qildi. “Biz munozaralarga 16,5 soat sarfladik, biroq buni qila oldik”, deb aytgan Sentenu Yevroguruhning videoanjumani yakunlari bo‘yicha. Munozaralar kengaytirilgan tarkibda o‘tkazilgan, unda valuta ittifoqiga kirmagan davlatlar moliya vazirlari ishtirok etgan.
Ma'lum qilinishicha, vazirlar inqirozdan jabr ko‘rgan davlatlarga 240 mlrd yevro taqdim qilishni ma'qullashgan. Bu pullar yevrohudud davlatlarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi – Yevropa barqarorlik mexanizmidan (ESM) ajratiladi. Pullar sog‘liqni saqlash tizimiga ishlatilishi kerak.
Yevroguruh, shuningdek, pandemiya vaqtida davlatlarga boshqa yordam choralari ko‘rsatilishini ham tasdiqlagan.
Ishsizlikka va inqirozli vaziyatlarga qarshi kurashish vaqtinchalik dasturi 100 mlrd yevro ajratishni ko‘zda tutadi. Bu pullar bandlik bilan qiyinchiliklarga duch kelayotgan fuqarolarga moliyaviy yordam ko‘rsatish uchun davlatlarga imtiyozli shartlarda qarz berishga yo‘naltiriladi.
Yana 200 mlrd yevro Yevropa ittifoqining inqirozdan jabr ko‘rgan kompaniyalariga, jumladan kichik va o‘rta biznesni qo‘llab-quvvatlashga ajratiladi.
Bundan tashqari, Yevroguruh vazirlari Yevropa ittifoqi iqtisodiyotini inqirozdan keyin tiklash uchun maxsus jamg‘arma tashkil etishni muhokama qilishga tayyorliklarini bildirishgan.
Avvalroq Yevroparlament epidemiyadan jabr ko‘rgan davlatlarga Yevropa ittifoqi budjetidan 37 mlrd yevro ajratishni ma'qullagandi. Bu pullar biznes va sog‘liqni saqlashni qo‘llab-quvvatlashga sarflanishi mumkin.
Yevropa iqtisodiyotini qutqarish uchun nafaqat budjet, balki pul-kredit choralari ham ko‘riladi. Avvalroq Yevropa markaziy banki 750 mlrd yevrolik obligatsiyalar xaridi yo‘lga qo‘yilishini e'lon qilgandi.
Mavzuga oid
18:39 / 03.11.2025
Yevropa ittifoqi O‘zbekistonda kinofestival o‘tkazadi
18:37 / 21.09.2025
COVID-19 pandemiyasi boshlanishini yoritgan xitoylik jurnalist 4 yilga qamaldi
20:22 / 17.09.2025
Yevroittifoq sharqiy chegaralarda «dron devori» barpo etilishini tezlashtirmoqda
15:47 / 06.08.2025