Jahon | 07:34 / 11.04.2020
6396
2 daqiqa o‘qiladi

Italiyada karantin 3 maygacha uzaytirildi

Italiyada koronavirus pandemiyasini ushlash maqsadida kiritilgan karantin va cheklovchi choralar 3 maygacha saqlanib qoladi.

Foto: REUTERS/Ciro De Luca

Bu haqda Italiya bosh vaziri Juzeppe Konte matbuot anjumanida e'lon qildi.    

“Biz cheklovlarni 3 maygacha uzaytiramiz. Bu og‘ir qaror, biroq u zarur. Agar hozir taslim bo‘lsak, unda barchasi boshqatdan boshlanishi xavfi bor”, deb aytgan Konte. 

Shu bilan birga, u karantinga yopilgan korxonalar bu muddatdan avvalroq ishga tushishi mumkinligini aytgan. “Biz 3 maydan ishlab chiqarish va tijoriy faoliyatni sekin-asta tiklashga umid qilmoqdamiz. Agar muddatdan avval sharoit paydo bo‘lsa, biz ishlab chiqarish faoliyati tiklanishini kafolatlash uchun barcha ishni amalga oshiramiz”, deb aytgan Italiya bosh vaziri.  

Konte 14 apreldan kitob, bolalar uchun tovarlar do‘konlari hamda ko‘kalamzorlashtirish bilan shug‘ullanuvchi komaniyalar o‘z faoliyatini boshlashi mumkinligini aytgan.

Italiyada aholining harakatlanishiga cheklovlar 10 martdan amal qilmoqda. Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, mamlakatda koronavirusga chalinganlar 147 mingdan oshdi, undan vafot etganlar 18849 nafarni tashkil qilmoqda.  

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid