O‘zbekiston | 12:36 / 11.04.2020
72932
1 daqiqa o‘qiladi

Koronavirusni aniqlaydigan test natijasi qancha vaqtda chiqishi ma'lum qilindi

Foto: KUN.UZ

Bugun, 11 aprel kuni, AOKA huzuridagi shtabda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi sanitariya-epidemiologiya nazorati Davlat inspeksiyasi rahbari Nurmat Otabekov ishtirokida brifing bo‘lib o‘tdi. Unda koronavirusni aniqlaydigan test javobi qancha vaqtda chiqishi ma'lum qilindi.

“Ayni vaqtda koronavirus infeksiyasini aniqlash polimeraz zanjir reaksiyasi (PZR) usuli orqali test qilinmoqda va bunga o‘rtacha 6-8 soat vaqt ketadi. Analiz chiqishi muddati ularning hajmiga ham bog‘liq. Qancha ko‘p analiz olinsa, natijasini bilish uchun ham shuncha yarasha vaqt talab etiladi. PZR – bu amplifikator bo‘lib, amplifikatsiya bosqichida virus genomining selektiv ko‘payishidir. Bizda kuniga o‘rtacha 8 mingta analiz olinmoqda. 
O‘zbekistonda koronavirusni aniqlash uchun Germaniya, Rossiya, Xitoyda ishlab chiqarilgan test tizimlaridan foydalanilmoqda. Ular 100 foiz aniqlikda kasallikni aniqlab bera oladi,”- dedi Otabekov.

Mavzuga oid