Toğlikda joylaşgan, iş örinlari yaratiş uçun imkon juda kam bölgan bu davlat fuqarolari uçun Rossiyaga borib işlaş şunçalik oddiy holga aylanib qolganki, yoş yigitlar maktabni bitirişi bilan rus ölkasining qaysi şahriga borib işlaşni öylay boşlaşadi. Ammo... Rossiyada ularni aslo xursand bölib, quçoq oçib kutib olişmaydi.
Rossiyada işlayotgan markaziy osiyolik mehnat muhojirlari kamsitilayotgani, zöravonlikka duç kelayotgani yangilik ham bölmay qoldi. Ba'zi muhojirlar kamsitilsa ham, tişini tişiga qöyib turadi, çunki gap qaytarsa – işidan ayriladi. Iş beruvçi döpposlagan muhojirlar nogiron bölib qolgan holatlar ham bölgan.
Ana şunday noinsoniy jazoga 1 aprel kuni Moskvadagi korxonalardan birida farroş bölib işlaydigan tojikistonlik 22 yoşli Akbarjon Xoliqov duç keldi.
Davlat taşkiloti hisoblanuvçi korxona rahbarining örinbosari yigitni avval boşqa köplab muhojirlar köz öngida döpposlab, söng ikkinçi qavat derazasidan pastga uloqtirgan.
Oqibatda tojikistonlik yigit oğir jarohat olib, kasalxonaning jonlantiriş bölimiga yotqizilgan. Voqea tafsilotlari haqida Tojikistonning Asia plus axborot portali xabar berdi.
Rossiyadagi mehnat muhojirlari huquqini himoya qiladigan huquqşunoslar bu hodisani sinçkovlik bilan örganişdi. Ularning sözlariga köra, Moskvaning Koptevo tumanidagi «Jilişnik» obodonlaştiriş korxonasida rahbar örinbosari lavozimida işlaydigan Andrey Tretyakov 1 aprel kuni tuş vaqti soat 13:00 atrofida işçilar yotoqxonasiga boradi va ulardan nega işda emasliklarini söraydi. Işçilar soat 12:00dan 14:00gaça tuşlik vaqti ekanini aytişadi.
Asabiylaşgan Tretyakov işçilarni sökib, haqorat qila boşlaydi. Bunga çidolmagan Akbarjon iş boşqaruvçiga sökinmaslikni, tuşlikni qilib bölib işga çiqişlarini aytadi. Tretyakov esa öziga gap qaytargan yigitni döpposlab, yetmaganiga ikkinçi qavatning derazadan pastga uloqtiradi.
Asia Plus’ning yozişiça, hodisa röy berganda yotoqxonada 40 nafarga yaqin tojikistonlik va özbekistonlik mehnat muhojirlari bölgan. Ammo heç kim Tretyakovni töxtatişga urinmagan.
Mehnat muhojirlari nega zöravonlikka qarşi çiqmaydi?
Aksariyat hollarda iş beruvçi muhojirlarni döpposlasa ham, jabrdiydaning vatandoşlari ularni ajratmaydi. Ular özlari ham kaltak yeyişdan, işdan ayrilib deportatsiya bölişdan qörqişadi. Şu bois hatto hamyurtining foydasiga guvohlik berişdan ham qoçişadi.
Mehnat muhojirlarining huquqini himoya qilib kelayotgan rossiyalik huquqşunos Valentina Çupikning sözlariga köra, voqeaga guvoh bölgan işçilar faqat Tretyakov Akbarjonni derazadan uloqtirgandan söng, uni oğir jarohat olganini körib qoçmoqçi bölganida, ketişiga yöl qöymay politsiya yetib kelgunça uşlab turişgan.
Ma'lum bölişiça, Tretyakov işçilar yotoqxonasiga kelganida, ular namoz öqiyotgan bölgan va aynan şu holat uning jahlini çiqargan. Namoz öqiyotganlar orasida Akbarjon ham bölgan...
Valentina Çupikning guvohlarga tayanib aytişiça, oradan biroz ötib yetib kelgan politsiya esa barça işçilar hamda Tretyakovni politsiya bölimiga olib borgan. Qiziği, politsiya bölimida köplab özbekistonlik va tojikistonlik mehnat muhojirlaridan sanoqli işçi hodisa haqida guvohlik bergan. Qolganlar hodisa guvohi bölmaganini, faqat Akbarjon yerga kelib urilganidan keyin voqeadan xabar topganini aytgan.
Vaholanki, ularning aksariyati Tretyakov Akbarjonni döpposlab, söng pastga uloqtirganini öz közlari bilan körib turişgan.
22 yoşli tojikistonlik yigit 40 nafar mehnat muhojiri köz öngida döpposlanib, söng pastga uloqtirilgan. Ammo guvohlarning birortasi «xöjayin»ga qarşi çiqib işini yöqotib qöyişdan yoki özi ham kaltak yeyişdan qörqib, Akbarjonni huquqbuzarning qölidan qutqarişga urinmagan.
Rossiyada odatiy jarayon: gumonlanuvçiga hanuzgaça iş oçilmagan
Akbarjon Xoliqov bilan bilan bölib ötgan voqea ijtimoiy tarmoqlar va Rossiyadagi bir qator saytlarda yoritilar ekan, vaziyatga Tojikistonning Rossiyadagi elçixonasi ham e'tibor qaratdi.
«Fuqaro Akbarjon Xoliqov bilan bölib ötgan hodisa jarayoni nazoratimizda turibdi. Gumonlanuvçi allaqaçon hibsga olingan. Elçixona Koptevo rayon içki işlar bölimiga voqeani sinçkovlik bilan suriştiriş va aybdorga munosib jazo berişni sörab xat çiqardik», degan Tojikistonning Rossiyadagi elçisi Imomiddin Sattorov.
Gumonlanuvçiga nisbatan hali jinoiy iş qözğatilmagan. Şuningdek, jabrlanuvçidan ham körsatma olinmagan. Huquqşunoslarning aytişiça, gumonlanuvçiga Rossiya jinoyat kodeksining 111-moddasi (şaxsga qasddan oğir tan jarohati yetkaziş) ayblovi bilan jinoiy iş qözğatilişi lozim.
Aynan Akbarjon Xoliqovga oğir tan jarohati yetkazilgan iş böyiça rossiyalik huquqşunoslarning taxmini özini oqlamadi: hodisadan ön kun ötib ham Tretyakovga nisbatan hanuzgaça heç qanday iş oçilmagan.
Koptevo rayon IIB gumonlanuvçining aybi aniq bölsa ham, hanuzgaça unga nisbatan heç qanday iş oçmagan va huquqşunoslarga bu borada izoh ham bermagan.
Işning qanday yakun topişi hamon mavhum. Koptevo rayon IIB heç qayerga ketmaslik haqida tilxat olib, gumonlanuvçi Tretyakovni qöyib yuborgan.
Huquqşunoslarning aniqlaşiça, iş oçilmaganining sababi şuki, hodisa röy bergan kuni Akbarjon Xoliqov foydasiga Tretyakovni ayblab guvohlik bergan bir neça muhojir keyinçalik körsatmasini özgartirgan. Ularga bosim ötkazilib deportatsiya qiliş bilan qörqitişgani aytilmoqda.
Döpposlanib, ikkinçi qavatdan uloqtirilgan yigitning soğliği oğir ahvolda qolmoqda. U yana bitta murakkab operatsiyani ötkazişi kerak. Yigitning davolanişi uçun Rossiyada faoliyat yuritadigan turli fondlar mablağ ajratgan.
Jabrlanuvçining otasi Aminjon Holiqovning sözlariga köra, hodisaning ertasi kuni kasalxonaga Koptevo rayon IIBdan xodimlar kelib, öğlidan körsatma olişgan. Öşandan keyin ular qaytib kelişmagan, qönğiroq ham qilişmagan. Öğli zöravonlik qurboni bölgan paytda Aminjon Xoliqov boşqa joyda bölgan.
«Öğlim kasalxonada öziga kelganidan söng hammasini gapirib berdi. Tretyakov ular tuşlik qilayotgan paytda kelib işçilarni onadan sökib, haqorat qila boşlaganida, öğlim unga tuşlikni qilib işga çiqişlarini aytib, sökinmaslikni talab qilgan. Haqoratlariga heç kim e'tiroz bildirmay turganda öğlimning gap qaytarişi Tretyakovning jahlini çiqargan va u Akbarjonni döpposlab, söng derazadan uloqtirgan», deydi Aminjon Xoliqov.
Rossiyada nega mehnat muhojirlarini kamsitişadi?
Akbarjon Xoliqovga qilingan zöravonlik – bu har kuni Rossiyada mehnat muhojirlariga nisbatan sodir bölayotgan köplab zöravonliklardan biri. Aksariyat hollarda Rossiyada markaziy osiyoliklar köproq zöravonlik va kamsitişlarga duç keladi.
Bu holatga bir qança omillar sabab bölyapti:
- Mehnat muhojirlari tomonidan sodir etiladigan har bir jinoyat yoki huquqbuzarlik OAV va televideniye orqali xabar qilib boriladi. Bu aholi orasida mehnat muhojirlarga nisbatan nafrat kuçayişiga sabab böladi.
- Muhojirlar rus tilini yaxşi bilmasligi yoki aniq bir kasbga ega bölmasligi tufayli ham kamsitiladi.
- Ayrim siyosatçilar aholi orasida öz mavqeyini oşiriş uçun doimiy ravişda mehnat muhojirlarini yomonotliq qilib tarğibot olib boradi.
- Mehnat muhojirlarining aksariyati Rossiyaga kelişdan avval heç qanday kasbni egallamasdan keladi va oqibatda eng oğir va kam haq tölanadigan işlarni qilişga majbur böladi. Bu ham ularning iş beruvçilar tomonidan kamsitilişi va zöravonlikka uçraşiga qisman sabab böladi.












