Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Saudiya Arabistoni boshchiligidagi koalitsiya Yamanda o‘t ochishni ikki haftaga to‘xtatdi
Saudiya Arabistoni Podshohligi tashqi ishlar vaziri shahzoda Faysal bin Farhon o‘z bayonotida Yamanda qonuniylikni qo‘llab – quvvatlash koalitsiyasi joriy yilning 9 aprelidan e'tiboran ikki hafta muddatga bu davlatda o‘t ochishni har tomonlama to‘xtatishini e'lon qildi.
Foto: Nariman El-Mofty /AP
Bunda BMT Bosh kotibining Yaman bo‘yicha maxsus vakilining harbiy nizoga chek qo‘yishga qaratilgan sa'y-harakatlari qo‘llab-quvvatlanib, asosiy e'tibor koronavirusga qarshi kurash va tarqalishining oldini olishga yo‘naltirilishi bildirilgan.
Yamandagi hozirgi nizo 2014 yilda boshlanib, shialarning zaydiylar yo‘nalishiga mansub bo‘lgan Husiylar jangarilari o‘sha yilning sentyabrida poytaxt Sanani egalladilar. 2015 yilning boshlarida Yamanda hokimiyat to‘laligicha Husiylar qo‘liga o‘tdi. Prezident Abdurabb Mansur Hodiy va hukumat a'zolari Yaman janubidagi Adan shahridan panoh topdilar.
Saudiya Arabistoni Podshohligi boshchiligidagi Yamanda qonuniylikni qo‘llab-quvvatlash koalitsiyasi 2015 yilning fevralida qonuniy hukumat tomonida turib, Husiylarga qarshi harbiy harakatlarni boshladi. Koalatsiya tarkibiga Saudiya Arabistoni bilan birga Birlashgan Arab Amirliklari, Bahrayn, Kuvayt, Qatar, Iordaniya, Sudan, Marokash, Pokiston, Senegal kuchlari kirdi. Asosan Saudiya Arabistoni kuchlarini birlashtirgan koalitsiya kuchlaridan keyinroq Qatar, Marokash va boshqa ayrim davlatlar qo‘shinlari chiqib ketdi.
Husiylar jangarilari bilan Yamanda qonuniylikni qo‘llab-quvvatlash koalitsiyasi o‘rtasidagi harbiy harakatlar natijasida mamlakatning katta qismi vayron bo‘ldi, aholining aksariyat qismi og‘ir gumanitar ahvoldan aziyat chekmoqda.
Koalitsiya tomonidan Husiylar jangarilarini Eron qo‘llab-quvvatlayotgani ko‘rsatiladi. Xususan, Saudiya Arabistoni Husiylar jangarilarining Podshohlikdagi shaharlarga raketa zarbalari va uchuvchisiz samolyotlar bilan hujumlari amalga oshirilishida Eronni ayblaydi.
Ma'lumot tariqasida shuni aytish kerakki, Zaydilar Yaman aholisining taxminan 1/3 qismini tashkil etib, asosan mamlakat shimolida istiqomat qiladilar.
Mavzuga oid
17:56 / 06.01.2026
Husiylar, Saudiya va BAA uchburchagi: Yamanda nimalar bo‘lyapti?
18:01 / 30.12.2025
Saudiya Yamanga zarba berdi. Nishon – ayirmachi guruhlarni qo‘llash uchun BAAdan yuborilgan qurollar bo‘lgan
18:37 / 21.09.2025
COVID-19 pandemiyasi boshlanishini yoritgan xitoylik jurnalist 4 yilga qamaldi
14:40 / 11.09.2025