Jahon | 09:00 / 12.04.2020
10259
2 daqiqa o‘qiladi

Bangladeshda mamlakat birinchi prezidentining qotili qatl qilindi

Bunga qadar davlat to‘ntarishida ishtirok etgan yana 5 nafar ofitser 2009 yilda qatl qilingandi.

Bangladeshning birinchi prezidenti Mujibur Rahmonning qotillaridan biri Abdul Majid 11 apreldan 12 aprelga o‘tar kechasi dorga osish yo‘li bilan qatl qilindi. Bu haqda Bangladesh Sangbad Sangstha agentligi mamlakat adliya vaziri Anisul Haqqa tayanib xabar bermoqda.

Mujibur Rahmon / AFP Photo/Munir UZ ZAMAN

Davlat to‘ntarishini amalga oshirishda ishtirok etgan va Bangladeshning birinchi prezidenti Mujibur Rahmonning o‘limiga sababchi bo‘lgan ofitserlar 1998 yilda o‘lim jazosiga hukm qilingan edi. Ularning besh nafari 2009 yilda qatl qilingan. Isyonkorlarning yana biri Abdul Majid 24 yillik qidiruvdan so‘ng joriy yilning 8 aprelida qo‘lga olingan.

Prezident Rahmon 1975 yilning 15 avgustida o‘zining Dakkadagi qarorgohida xotini, uch o‘g‘li va bir qator yaqin qarindoshlari (umumiy 20 kishi) bilan birga o‘ldirib ketilgandi. O‘sha paytda GFRda bo‘lgan ikki qizigina omon qolishgan. Ulardan biri ayni paytda Bangladesh bosh vaziri bo‘lgan Shayx Hasina xonimdir.

Аброр Зоҳидов
Tayyorlagan Аброр Зоҳидов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid