Jahon | 22:31 / 12.04.2020
6377
1 daqiqa o‘qiladi

Italiyada koronavirus qurbonlari soni bo‘yicha uch hafta davomidagi eng past ko‘rsatkich qayd etildi

Mamlakatda koronavirusga chalinganlar soni 156 mingdan oshdi, vafot etganlar soni 20 mingga yaqinlashdi. 

Foto: Getty Images

Italiyada koronavirus qurbonlari soni bo‘yicha keyingi uch hafta davomidagi eng past ko‘rsatkich qayd etildi  - sutka davomida 431 kishi vafot etdi. Bu haqda mamlakat mudofaa xizmati rahbari Anjyelo Borrelli ma'lum qildi.

Bu 19 martdan buyon qayd etilgan eng past ko‘rsatkichdir. O‘sha kuni bir sutkada 427 kishi vafot etgan, so‘ngra o‘limlar soni o‘sishi tezlashgandi.

Mamlakatda 27 mart kuni antirekord qayd etildi, bir sutkada 969 kishi koronavirusdan vafot etdi.  

Italiyada koronavirusga chalinganlar soni 156 mingdan oshdi, vafot etganlar soni 20 mingga yaqinlashdi. 

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid