Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jarima maydonchasidagi har bir kun uchun to‘lov undiriladi – IIV
Shu kungacha karantin qoidalarini buzib harakatlangan 3930ta avtomobil vaqtincha jarima maydoniga qo‘yilgan. Maxsus komissiya qarorlarida avtoturargoh uchun kunlik to‘lovni bekor qilish belgilanmagan. Ya'ni avtoturargohda avtomobil saqlangani uchun to‘lovlar to‘lanishi lozim.
Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari Erali Bozorov AOKAda o‘tkazilgan brifingda maxsus komissiyaning qarorlarida avtoturargoh uchun kunlik to‘lovni bekor qilish belgilanmagani haqida ma'lum qildi.
«Respublika maxsus komissiyasining 2020 yil 23 martdagi yig‘ilish bayoni asosida 24 martdan boshlab transport vositalarining harakatlanishi cheklangan bo‘lib, karantin talablarni buzib harakatlanayotgan avtotransport vositalarining huquqbuzarlikni davom ettirishining oldini olish maqsadida ushbu avtotransport vositalarini jarima maydoniga joylashtirish belgilangan.
Bugungi kunga qadar karantin qoidalarini buzib harakatlangan 5884ta avtotransport vositasi aniqlanib, shundan 3930tasi vaqtincha jarima maydoniga qo‘yilgan. Ularning haydovchilariga nisbatan ma'muriy bayonnomalar Sanitariya-epidemiologiya nazorati xodimlari tomonidan tuziladi. Maxsus komissiyaning 16-sonli bayoni talablariga ko‘ra ma'muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi qaror belgilangan tartibda ijro etilganidan yoxud ijrosi tugatilgandan so‘ng avtotransport vositasi jarima maydonchasidan chiqariladi. Ya'ni belgilangan jarima haydovchi tomonidan to‘langanidan so‘ng SES xodimlari jarima to‘langani to‘g‘risida ma'lumotnoma beradi. Ushbu ma'lumotnoma asosida Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xodimi avtomobilni jarima maydonchasidan chiqarish uchun ruxsat beradi va avtomobil jarima maydonchasidan chiqariladi», deya Erali Bozorovning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Uning ta'kidlashicha, maxsus komissiyaning qarorlarida avtoturargoh uchun kunlik to‘lovni bekor qilish belgilanmagan. Shu sababli avtomobil avtoturargohda saqlangani uchun to‘lovlar undiriladi.
IIV rasmiysi, shuningdek, jarima maydonida avtomobilga biror kor-hol bo‘lsa zararni kim qoplashiga ham oydinlik kiritdi.
«Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 25 maydagi «Qonun hujjatlari buzilganligi uchun ushlangan transport vositalarini to‘xtash joylariga olib kelish, joylashtirish va saqlash tartibi to‘g‘risida»gi 149-son qarori talablariga asosan respublikamizda jarima maydonlarining faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.
Ushbu qaror talablariga ko‘ra bugungi kunda respublikamiz bo‘yicha 233ta jarima maydoni faoliyat olib bormoqda. Ushbu jarima maydonchalarining barchasi yuridik shaxslarga tegishli bo‘lib, transport vositalarini saqlash xizmatlari ko‘rsatish ushbu yuridik shaxslar tomonidan amalga oshiriladi.
Jarima maydonchasiga transport vositasi qabul qilish-topshirish dalolatnomasi asosida joylashtiriladi. Transport vositasi jarima maydonchasiga joylashtirilgandan keyin uning saqlanishi uchun xizmat ko‘rsatuvchi yuridik shaxs, ya'ni jarima maydonchaning egasi javob beradi. Ya'ni jarima maydonchasidagi avtomobilga biror kor-hol bo‘lsa zarar xizmat ko‘rsatuvchi yuridik shaxs (jarima maydoni egasi) tomonidan qoplanadi», deydi Erali Bozorov.
Mavzuga oid
10:24 / 24.05.2026
$57 millionlik ezgu tashabbus va IIVdagi ikki xil standart - hafta dayjesti
11:51 / 22.05.2026
IIV, Adliya va Tog‘-kon vazirligi - davlat boshqaruvidagi eng ilg‘or idoralar
11:49 / 20.05.2026
5 ming so‘mlik kolbasalar: ogohlantirish va jarima yetarli chorami?
18:55 / 15.05.2026