Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shifokorlar yuzma-yuz kelayotgan beshafqat reallik – rassom nigohida
Butun dunyo aholisining ko‘p qismi hukumat ko‘rsatmalariga amal qilgan holda o‘z uylarida qolgan bir vaqtda tibbiyot xodimlari kun-u tun jamiyat xizmatini ado etgan holda batamom o‘zgacha reallikda yashamoqda.
Eronlik rassom Alirizo Pokdil o‘z tasvirlarida dunyoning syurrealistik holatini aks ettirdi. Uning asarlaridagi asosiy qahramonlar – koronavirusga qarshi kurashayotgan shifokorlar, hamshiralar, huquq-tartibot va qutqaruv organlari xodimlari.
Deyarli barcha tasvirlarda ko‘zga ko‘rinmas dushmandan qo‘rqish hissini tomoshabinga yetkazish uchun Pokdil yashil rangdagi ulkan yashil viruslar obrazidan foydalanadi.
Rassom tibbiyot xodimlarini haqiqiy superqahramonlar ko‘rinishida tasvirlagan. Uning asarlarida niqob taqqan kishilar insoniyatni virusdan himoya qiladi, virus esa goh labirint, goh qopqon ko‘rinishida tasvirlanib, o‘z shaklini doimiy ravishda o‘zgartiradi.
Mavzuga oid
08:05 / 16.11.2025
Toza havoga boj va shifokorlarga imtiyozlar - hafta dayjesti
18:37 / 21.09.2025
COVID-19 pandemiyasi boshlanishini yoritgan xitoylik jurnalist 4 yilga qamaldi
15:47 / 06.08.2025
AQSh Sog‘liqni saqlash vazirligi mRNK-vaksinalari uchun mablag‘ni qaytarib oldi
21:02 / 24.07.2025