18 martdan boşlab, «Xalq banki» xodimlari pensiya va boşqa nafaqa pullarini aholi yaşaş manzillariga yetkazib beryapti. Albatta, bundan maqsad – profilaktika çoralari, oldingidek köpçilik töplanişining, navbatlarning oldini oliş, keksalarni ovora qilmaslik.

Biroq bu çora bugungi kun şaroitida yetarlimi? Koronavirus kasalligining kun sayin paydo bölayotgan yangi tahdidlariga javob bera oladimi?

Bu savollarga katta ehtimol bilan yöq, deya javob beriş mumkin. Çunki sabablar aniq:

­1. Avvalo, xavf guruhida eng ehtiyot qilinişi kerak bölgan – pensionerlar haqida gap ketmoqda;

2. Naqd pullarda viruslar 3-5 kungaça saqlanib, patogen (kasallik yuqtiriş) qobiliyatini saqlab qolişi ma'lum. Demak, aynan naqd pullar orqali keksalar guruhiga qarşi yangi xavf paydo böladi;

3. Hozirgi uslubda, ya'ni uyma-uy yoki köp qavatli uylar oldida tarqatilişida ham ehtiyot çorasi körilgan. Lekin baribir bir guruh (ya'ni pensiya tarqatuvçilar) navbat asosida köpçilik bilan muloqot qiladi, bevosita pul topşiradi, hujjatlarni rasmiylaştiradi. Bu esa kasallik tarqalişiga yaxşigina imkon demakdir.

Albatta, Markaziy bank, «Xalq banki» tomonidan kerakli ehtiyot çoralari körilmoqda. Jumladan, naqd pullar dezinfeksiya qilinmoqda, har bir pensionerga pullar alohida paketda berilmoqda. Lekin bu çoralar ham kamlik qilib qolişi heç gap emas.

Xöş, yeçim qanday?

Juda oddiy. Şu paytgaça ham qöllanib kelingan plastik kartalarga qaytiş bugungi kunda eng yaxşi çora böla oladi. Öz vaqtida naqd pul muammosi tufayli plastik kartalarni köpçilik xuşlamasdi. Birinçi navbatda aynan pensiyalar töliq naqd şaklda tölanişi ham bejiz emasdi.

Ammo bugun vaziyat boşqaça. Plastik kartalar orqali aksariyat joylarda xaridlarni amalga oşiriş, tölovlarni qiliş mumkin. Telefonlardagi mobil ilovalar ham plastik kartadagi mablağlarni masofadan turib istagança tasarruf qiliş imkonini beradi. Juda zarur holda bankomat orqali kerakli miqdorda naqd pul oliş ham muammo emas.

Demak, pensionerlar uçun plastik kartalardan foydalanişni vaqtinça (!) qayta tiklaş kerak. Bordi-yu kimdir heç ham bunga köngisi kelmasa, öz yaqiniga işonçnoma rasmiylaştiriş yöli bilan özini yakkalaşi şart.