Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Namanganda Xayriya ishlarini muvofiqlashtiruvchi markaz faoliyati onlayn dastur bilan muvofiqlashtiriladi
Ehtiyojmand va nochor oilalarga mo‘ljallangan xayriyalarning va homiyliklarning aniq hisob-kitobini onlayn yuritish imkonini beruvchi dastur ishga tushirildi
Koronavirus pandemiyasi davrida Namangan viloyatida ehtiyojmand va nochor oilalarga mo‘ljallangan xayriyalarning va homiyliklarning aniq hisob-kitobini onlayn yuritish imkonini beruvchi dastur ishga tushirildi.

Ushbu dastur Namangan viloyat hokimligi AKT rivojlantirish markazi, viloyat Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi qoshida tashkil etilgan Xayriya ishlarini muvofiqlashtiruvchi markaz, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot dasturining (BMTTD) O‘zbekistondagi vakolatxonasi hamda DataSite Technology kompaniyasi hamkorligida, BMT Taraqqiyot dasturining O‘zbekistondagi vakolatxonasi beg‘araz ko‘magi bilan respublika viloyatlarida birinchi bo‘lib ishga tushirildi.
Uning yordamida viloyat miqyosida kelib tushgan homiylik mablag‘lari va mahsulotlari, 1197 raqami orqali Xayriya ishlarini muvofiqlashtiruvchi markazga kelib tushgan murojaatlar, amalga oshirilgan xayriyalar ro‘yxati bilan onlayn tarzda hisobot yuritish imkoni yaratildi.
Mavzuga oid
17:37 / 04.06.2026
Namanganda tergovchi va advokat pora bilan ushlandi
10:59 / 20.05.2026
Namanganda atrofi ochiq holatda turgan transformator ustiga chiqqan bola tok urib vafot etdi
08:24 / 20.05.2026
Farg‘ona va Namanganda yirik miqdordagi narkotik moddalar musodara qilindi
08:52 / 13.05.2026