Buxoroda nogironligi bo‘lgan fuqaroga nisbatan bosqinchilik sodir etildi
Holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 164-moddasi 3-qismi “v” bandi (bosqinchilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan
2020 yilning 7 apreldan 8 aprelga o‘tar kechasi soat 02:00da 33 yoshli J.X. va 26 yoshli M.Sh. spirtli ichimlik iste'mol qilib, mast holatda Buxoro viloyati Qorako‘l tumani Mirpo‘lat qishlog‘ida yashovchi 2-guruh nogironi 47 yoshli O.X.ning yashash uyi yotoqxonasiga eshik oynasini sindirish orqali g‘ayriqonuniy ravishda kirgan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, bu shaxslar uni qo‘llari bilan bo‘yin qismidan bo‘g‘ib, hayoti va sog‘ligi uchun xavfli bo‘lgan zo‘rlik ishlatish bilan qo‘rqitib, pullari va tilla-taqinchoqlarini berishni talab qilib, uning yonida bo‘lgan 100 000 so‘m pullarni talon-toroj qilib, hodisa sodir bo‘lgan joydan yashiringan.
Mazkur holat yuzasidan M.Sh. va J.X.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 164-moddasi 3-qismi “v” bandi (bosqinchilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, M.Sh. va J.X. gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilinganlar hamda o‘rnatilgan tartibda ushlanganlar.
Qayd etilishicha, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
16:20 / 05.06.2024
19 yoshida 18 yillik qamoq – Qoraqalpog‘istonda bosqinchilik va qotillik qilgan yigitga hukm o‘qildi
18:33 / 27.04.2024
Sankt-Peterburgda 24 yoshli o‘zbekistonlik yigit o‘g‘irlab ketildi
11:54 / 30.03.2024
Toshkent viloyatida bosqinchilik va odam o‘g‘irlashni rejalashtirgan jinoiy guruh ushlandi
10:16 / 27.01.2024