Jahon | 23:04 / 14.04.2020
10512
1 daqiqa o‘qiladi

Italiyada koronavirusga chalinish bilan bog‘liq so‘nggi bir oy davomidagi eng kam holat qayd etildi

Statistikaga ko‘ra, Italiyada 10 mart kuni 529ta, 21 mart kuni 4821ta holat qayd etilgan.  

Foto: REUTERS / Ciro De Luca

 Italiyada sutka davomida koronavirusga chalinish bilan bog‘liq 675ta holat qayd etildi, bu bir oydan ortiq vaqt davomidagi eng yaxshi ko‘rsatkich. Bu haqda mamlakat fuqaro mudofaasi xizmati boshlig‘i Anjyelo Borrelli ma'lum qildi.

"Bugungi kunda bemorlar soni 104 291 kishini tashkil etmoqda, sutka davomida ular soni 675taga oshdi", - dedi Borrelli.

Statistikaga ko‘ra, Italiyada 10 mart kuni 529ta, 21 mart kuni 4821ta holat qayd etilgan.  

Borrellining aytishicha, mamlakatda kasallikka chalinganlarning umumiy soni 162,4 mingga yetgan. 

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid