Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Buyuk Britaniya mutaxassislari koronavirusga qarshi kurash masalalarini muhokama qildi
Ikki davlat mutaxassislari koronavirusga qarshi kurashish borasida qo‘llanilayotgan choralar, tashxis qo‘yish va kasallarni davolash bo‘yicha tibbiyot muassasalarining faoliyati to‘g‘risida batafsil axborot almashishdi
2020 yilning 13 aprel kuni O‘zbekistonning London shahridagi elchixonasi ko‘magida O‘zbekiston va Buyuk Britaniya tibbiyot xodimlari o‘rtasida videokonferensiya tashkil etilib, unda yangi koronavirus infeksiyasining oldini olish va davolash bo‘yicha o‘zaro tajriba almashildi.
TIV xabariga ko‘ra, tadbirda Buyuk Britaniya tomonidan Lyusham London universiteti kasalxonasining Anesteziologiya va reanimatoligiya departamenti direktori doktor Vaqas Xolid, shifokorlar Richard Friz va Fazliddin Murodov, O‘zbekiston tomonidan esa Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi, mamlakatning barcha hududlaridan anesteziologiya va reanimatologiya vakillari ishtirok etdi.
Videokonferensiya chog‘ida ikki davlat mutaxassislari koronavirusga qarshi kurashish borasida qo‘llanilayotgan choralar, tashxis qo‘yish va kasallarni davolash bo‘yicha tibbiyot muassasalarining faoliyati to‘g‘risida batafsil axborot almashishdi. Reanimatsiya bo‘linmalarida og‘ir ahvolda yotgan bemorlarni davolashning yangicha uslubiga alohida e'tibor qaratildi.
Tomonlarning e'tirof etishicha, mazkur muloqot foydali bo‘ldi va yangi koronavirus, uni davolash usullari to‘g‘risidagi bilimlarni boyitish imkonini berdi, deyiladi ma'lumotda.
Mavzuga oid
09:58
Starmer: Trampning Afg‘onistondagi NATO missiyasi haqidagi so‘zlari haqoratli
09:41 / 20.01.2026
London bolalar uchun ijtimoiy tarmoqlarni taqiqlash imkonini ko‘rib chiqmoqda
13:37 / 14.01.2026
Germaniya, Fransiya, Italiya va Britaniya Eron elchilarini TIVga chaqirdi
13:29 / 14.01.2026