Uylarni dezinfeksiya qilishga hojat yo‘q – Nurmat Otabekov
Bosh sanitariya inspektori Nurmat Otabekov virus yuqtirmaslik uchun fuqarolarga o‘z xonadonlarini doimiy dezinfeksiya qildirishni emas, balki zarurat bo‘lmaganda ko‘chaga chiqmaslik muhimligini maslahat berdi.
«Biz uchun eng xavfsiz hudud – o‘z xonadonimiz. Shuning uchun xonadonimizga kasallik qo‘zg‘atuvchisi kirib kelishi kerak emas. Kasallik esa ko‘chaga besabab chiqsangiz, o‘zingiz bilan yoki keladigan mehmon bilan xonadonga kirishi mumkin.
Kasallik havo orqali o‘z-o‘zidan uchib kelmaydi, uni shamol ham olib kelmaydi», deya ta'kidladi Nurmat Otabekov AOKAda o‘tkazilgan brifingda.
Inspeksiya rahbari shu paytga qadar uyida biror marta dezinfeksiya tadbirini o‘tkazmagan fuqarolar borligi va turar joylarda dezinfeksiyaga unchalik ehtiyoj ham yo‘qligini qayd etib o‘tdi.
«Lekin agar fuqaro uyida dezinfeksiya tadbirini o‘tkazmoqchi bo‘lsa, unda bu xarajatlar uning o‘z hisobidan amalga oshiriladi. Lekin fuqarolar ko‘chaga chiqmasdan, begonalar bilan muloqotni chegaralab koronavirusning uyga olib kelinishi mumkin bo‘lgan barcha ehtimoliy holatlarini cheklasalar, unda dezinfeksiya tadbirlarini uy sharoitida amalga oshirishga ehtiyoj qolmaydi», deya qayd etdi Nurmat Otabekov.
U fuqarolarga dezinfeksiya stansiyalariga qo‘ng‘iroq qilib, dezinfeksiya tadbirlarini o‘tkazib berishni so‘ramaslikni so‘radi.
Mavzuga oid
18:52 / 19.09.2024
Koronavirusning yangi shtammi O‘zbekistonda aniqlanmadi - SSV
16:06 / 07.06.2024
"Saraton va boshqa jiddiy kasalliklar bog‘chadagi sifatsiz taomlanishdan kelib chiqmoqda" - mutaxassis bilan suhbat
14:59 / 05.06.2024
“Bolalarga chirigan kartoshka yedirishmoqda” – Nurmat Otabekov
18:11 / 13.12.2023