Moskva Davlat Universiteti (MDU) iqtisodiyot maktabining vizit-professori, Texas Universiteti (AQŞ) davlat aloqalari maktabi professori Jyeyms K. Gelbreyt koronavirus pandemiyasi tugaganidan söng kapitalizmdan voz keçib, iqtisodiy munosabatlarning yangi şaklini izlaşga töğri keladi, deb hisoblamoqda.
U aynan şunday fikrlarni «Economic Challenges of COVID-19 Pandemic» xalqaro onlayn-seminaridan aytib ötdi.
«Hozir hamma ötgan davrdagi inqirozlarni, ötmişdagi qiyinçiliklarni eslayapti. Ammo hozir vaziyat umuman boşqaça, endi hayot avvalgi iziga qaytmaydi.
Ğarb dunyosining tarixini unutmagan holda, Osiyoning pandemiyani yengib ötganini, Janubiy Koreya,Singapur va Tayvanning bu boradagi tajribasini köryapmiz. Endi kapitalizm va sönggi 40 yildagi markazlaşgan boşqaruvdan voz keçiş siyosati bu inqirozga bardoş berolmaydi. Yangi tizimni qurişga töğri keladi, balki u davlat sotsializmi yoki qandaydir gibrid şaklda bölişi mumkin», - dedi Gelbreyt.

Uning sözlariga köra, pandemiyadan keyin davlat sektorining katta qismi restrukturizatsiyani talab qiladi, «öz imkoniyatimizni yöqotmaslik uçun, barça ma'lum modellarni qayta körib çiqiş lozim».
Gelbreyt fikriga köra, köplab kompaniyalar kasallik çekinganidan söng, yana hammasi tezda öz iziga qaytadi deb öylamoqda. Biroq pandemiya 1-1,5 yil davomida özini eslatib turişi, balki, yozda yana xuruj qilişi yoki kuzda qaytalanişi mumkin. Bu esa normal hayotga qaytişni murakkablaştiradi.
«Kelajak haqida gapiradigan bölsam, yeçimini topiş lozim bölgan 2ta muammoni köryapman. Birinçidan, tölanmay qolgan qarzlar juda köp böladi: talaba kreditlari, ipoteka, kommunal xizmatlarga tölovlar va hokazo. Hatto avvalgi hayotga qaytilgan taqdirda ham, millionlab odamlar bu yöqotişlarni tiklay olmaydilar. Bundan taşqari, iste'molçilar pulni juda ehtiyotkorlik bilan sarflaşga ötadilar», - dedi iqtisodçi.
Ikkinçi muammo –uzoq muddatli istiqbolda iqtisodiyotni va jamiyatni qayta taşkil qiliş. Masalan, xavfsizlikni ta'minlaş uçun ijtimoiy masofani saqlab qolişga töğri keladi. Bu esa hammaga, xususan restoranlar, teatrlar, maktablar, ommaviy yiğilişlar, aviaqatnovlar, mehmonxonalar, parklarga ta'sir qiladi.
«Odamlar avvalgi faollikdan voz keçib, bu joylarga bormay qöyişi mumkin. Natijada, bu sohalar öz faoliyatini qisqartirişi, mijozlar oqimining keskin pasayişiga könikişiga töğri keladi. Bunday şaroitda ularning moliyaviy zararlarni qanday qoplaşi tuşunarsiz. Albatta bu özgarişlarga qanday munosabat bildirilişini oldindan taxmin qiliş qiyin. Avvalo, bandlikni qanday ta'minlaş va şunça yillar davomida mehnat qilgan sohalariga qayta olmagan odamlarning daromadini qanday ta'minlaşni tuşunib olişga töğri keladi», - dedi Gelbreyt.
















