O‘zbekiston | 10:18 / 15.04.2020
2050
2 daqiqa o‘qiladi

Normativ-huquqiy hujjatlarning foyda va xarajatlar keltirib chiqarishini tahlil etish instituti joriy qilinadi

«Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida»gi qonun loyihasini tayyorlash yuzasidan muhokamalar o‘tkazildi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi qo‘mitalarida onlayn rejim sharoitida bir qancha qonun loyihalari ikkinchi o‘qishga tayyorlanmoqda. Bu haqda parlament saytida xabar berildi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasi a'zolari tomonidan «Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida»gi qonun loyihasini tayyorlash yuzasidan muhokamalar o‘tkazildi.

Loyihada «normativ-huquqiy hujjatlarning tartibga solish ta'sirini baholash, shu jumladan fuqarolar va xo‘jalik yurituvchi sub'yektlar uchun foyda va xarajatlar keltirib chiqarishini tahlil etish» institutining joriy etilishi bahs-munozaralarga sabab bo‘ldi.

Muhokamalar jarayonida, deputatlar tomonidan qonun loyihasining ayrim moddalari yuzasidan aniqlashtiruvchi savollar berildi. Jumladan, qonun loyihasining tartibga solish ta'sirini baholash metodologiyasini Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanishi qay darajada maqsadga muvofiq? Bunday hujjat boshqa qonunchilik tashabbusi huquqi sub'yektlari uchun ham majburiy bo‘la oladimi, qolaversa deputatlar o‘zlari tomonidan tayyorlangan qonun loyihasining ta'sirini majburiy baholashdan o‘tkazish imkoniga ega bo‘lishadimi? Yoki bo‘lmasa, bu institutning joriy etilishi kelgusida deputatlarning qonun tashabbuskorligi faoliyatiga salbiy ta'sir ko‘rsatmaydimi degan mazmunidagi savollar o‘rtaga tashlandi.

Maromiga yetkazilayotgan qonun loyihasi yuqoridagi savollarga aniq javoblarni qamrab olishi muhimligi qayd etib o‘tildi.

Qayd etilishicha, qonun loyihasini takomillashtirish ishlari davom etmoqda.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid