2025 yil 20 oktyabrdagi prezident qaroriga muvofiq, Toşkent arxitektura-quriliş universiteti huzurida Seysmik xavfsizlik va barqaror quriliş milliy tadqiqot instituti faoliyati yölga qöyiladi.
Qarorga köra, institutining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
- seysmik xavfsizlik va barqaror quriliş sohasida ilmiy tadqiqotlar ötkaziş va natijalarini amaliyotga joriy etiş;
- litsenziya talablariga muvofiq şaharsozlik sohasida litsenziyalanadigan faoliyat turlarini amalga oşiriş;
- ilmiy taşkilotlar, jamğarmalar, ta’lim muassasalari, şu jumladan, xalqaro va xorijiy taşkilotlar bilan hamkorlikda ilmiy tadqiqotlar olib boriş.
Institut özini özi moliyalaştiriş tamoyili asosida faoliyat yuritadi va kengaşlar nazorati ostida böladi. Şuningdek, institutiga ilmiy unvonlar va darajalar beruvçi kengaşlar tuziş hamda doktorant va mustaqil izlanuvçilarni tayyorlaş huquqi berildi.












