Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Obama ilk marta AQSh prezidentligiga saylovlarda Baydenni qo‘llab-quvvatlashini bildirdi
Barak Obama Jo Bayden AQSh prezidentiga zarur bo‘lgan barcha sifatlarga ega ekanligini ta'kidladi.
Foto: Larry Downing / Reuters
AQSh sobiq prezidenti Barak Obama ilk bor bo‘lajak saylovlarda demokratik partiyadan prezidentlikka nomzod Jo Baydenni qo‘llab-quvvatlashini rasman ma'lum qildi. Obama tvitterida bu boradagi videomurojaatini joylashtirdi.
Obamaning fikricha, AQShning sobiq rahbari navbatdagi prezident tajribali, halol, kamtar va g‘amxo‘r bo‘lishi lozim.
"Mana nima uchun faxr bilan Jo Baydenni AQSh prezidenti lavozimiga nomzod sifatida qo‘llab-quvvatlashimni ma'lum qilmoqdaman", - dedi Obama.
Uning ma'muriyatida Bayden vitse-prezident lavozimini egallagandi.
Obama Bayden AQSh prezidentiga zarur bo‘lgan barcha sifatlarga ega ekanligini ta'kidladi.
U Jo Bayden vitse-prezidentlik davrida 2007-2008 yilgi moliyaviy inqirozdan keyin Amerika iqtisodiyotini tiklash hamda Ebola virusiga qarshi chora-tadbirlar ishlab chiqishda qatnashganligini eslatib o‘tdi.
Mavzuga oid
18:49 / 05.01.2026
Bayden AQSh sobiq prezidentlari orasida eng yuqori pensiyani olishi aniqlandi
08:53 / 05.01.2026
Die Zeit: BND yillar davomida Obamaning samolyotidan qo‘ng‘iroqlarni tinglab kelgan
20:18 / 18.12.2025
Oq uyda Obama va Baydenni mazax qiluvchi lavhalar o‘rnatildi
16:40 / 18.12.2025