Xorazmda «Lazgi» akademiyasi tashkil etiladi
“Lazgi” akademiyasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida prezident qarori qabul qilinadi

Foto: LiveJournal
Prezidentning “Lazgi” akademiyasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi muhokama uchun joylashtirildi.
Madaniyat vazirligi, Fanlar akademiyasi, Xorazm viloyati hokimligi hamda keng jamoatchilikning Xorazm viloyati Urganch shahrida “Lazgi” akademiyasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik beriladi.
Quyidagilar Akademiyaning asosiy vazifalari etib belgilanadi:
“Lazgi” ijrochiligini yanada rivojlantirish, bu borada shakllangan ijro va ijodiy maktablar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash;
fan-ta'lim va ijrochilikning integratsiyalashuvi jarayonini jadallashtirishga ko‘maklashish;
“Lazgi” ijro yo‘li namunalari “Oltin fondi”ni yaratish;
“Lazgi” ijro yo‘llari bo‘yicha ilmiy-tadqiqotlar olib borish va keng targ‘ib qilish bo‘yicha xalqaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish;
“Lazgi”ni asrab-avaylash, zamonaviy ijro uslublari namunalari bilan yanada takomillashtirish, uning ijtimoiy-tarixiy ildizlari, ilmiy-nazariy negizlari, milliy va umumbashariy qadriyatlar bilan bog‘liq jihatlarini olimlar va ijrochi mutaxassislar ishtirokida chuqur o‘rganish;
“Lazgi” ijro namunalarini radio-televideniye va boshqa ommaviy axborot vositalari hamda Internet tarmoqlari orqali chet ellarda keng targ‘ib etish.
Belgilab qo‘yilishicha, Akademiya Madaniyat vazirligi tizimidagi Davlat muassasasi hisoblanadi, Moliya vazirligi g‘aznachilik bo‘linmasida shaxsiy g‘azna hisob raqamiga, Davlat gerbi tasviri tushirilgan va o‘z nomi yozilgan muhrga, shtampga, blankalarga ega bo‘ladi.
Akademiya faoliyatini moliyalashtirish Davlat budjeti mablag‘lari, o‘z daromadlari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
Madaniyat vazirligi Xorazm viloyati hokimligi bilan birgalikda Akademiyaning samarali faoliyat ko‘rsatishi uchun barcha chora-tadbirlarni amalga oshiradi.
Akademiya qoshida xo‘jalik hisobidan doimiy ravishda faoliyat ko‘rsatuvchi quyidagilar:
“Lazgi”ni yaratilish tarixi va uning rivojlanish davrini o‘zida to‘liq qamrab olgan muzey;
“Lazgi” ijro yo‘lida yaratilgan ijod namunalaridan tashkil topgan fonoteka;
“Lazgi”ga oid liboslar namunasi galereyasi, ko‘rgazmalar zali hamda artistik kafe;
Akademiya muassisligida “Lazgi” nomli ilmiy-uslubiy jurnal;
“Lazgi” havaskorlik bolalar teatr-studiyasi tashkil qiladi.
O‘zbekiston davlat filarmoniyasi Xorazm viloyati bo‘limi hisobidagi Urganch shahri, Mash'al ko‘chasi 4-uyda joylashgan bino va “Lazgi” ansambli hamda unga tegishli bo‘lgan barcha moddiy qiymatliklar Akademiya hisobiga o‘tkaziladi.
Akademiya Xorazm viloyati, Urganch shahri, Xonqa ko‘chasida joylashgan “Xorazm tarixi va madaniyati” uchun ajratilgan binoga tekin foydalanish huquqi asosida joylashtiriladi.
Tavsiya etamiz
Aprelda qanaqa ob-havo kutilyapti?
O‘zbekiston | 12:09 / 28.03.2025
AQShda Isroilni tanqid qilgan turk talaba qo‘lga olindi
Jahon | 22:36 / 27.03.2025
Karmanada maktab o‘quvchisi oliygohga kirish uchun muddatidan avval maksimal ballni to‘pladi
Jamiyat | 20:18 / 27.03.2025
“Kontraktga kirsang o‘qita olmaymiz deyishgan” – orzular yo‘lida stereotiplarni yengib o‘tgan navoiylik qiz hikoyasi
Jamiyat | 20:50 / 25.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Shavkat Mirziyoyev Xo‘jandda Sadir Japarov bilan uchrashuv o‘tkazdi
O‘zbekiston | 18:54
-
Neuralink ko‘zi ojiz insonga ko‘rish qobiliyatini qaytarishga yordam beruvchi chipini sinovdan o‘tkazadi
Jahon | 18:47
-
Buxorodagi xususiy bog‘chada 1,5 yoshli bola tok urishidan vafot etdi
O‘zbekiston | 18:36
-
Myanmadagi zilzila: tirik qolganlar xarobalar ostidan chiqarib olinmoqda, ammo yuzlab kishilar bedarak ketgan
Jahon | 18:20
Mavzuga oid

18:35 / 18.03.2025
Olmaotada «Lazgi. Muhabbat va qalb raqsi» o‘zbek baleti namoyish etildi

07:32 / 08.06.2024
3 ming dollarga IIV akademiyasiga o‘qishga kiritishni va’da qilgan shaxs ushlandi

12:48 / 29.05.2024
O‘zbekiston davlat sport akademiyasi tashkil etiladi

10:05 / 28.05.2024