Jahon | 14:58 / 15.04.2020
3857
2 daqiqa o‘qiladi

Yaponiyada pandemiya vaqtida yordam sifatida har bir fuqaroga 930 dollardan pul berilishi mumkin

Avvalroq Yaponiya biznes va oddiy oilalarni qo‘llab-quvvatlash uchun 108 trln iyenlik (1 trln dollar) yordam paketini ajratgandi.

Foto: REUTERS / Kim Kyung-Hoon

Yaponiya hukumati koronavirus pandemiyasi sharoitida mamlakatning har bir fuqarosiga yordam sifatida 100 ming iyendan (930 dollar) mablag‘ berish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda mamlakat vazirlar mahkamasi bosh kotibi Yosixide Suga ma'lum qildi.

"Biz "Komeyto" partiyasi rahbarining har bir fuqaroga 100 ming iyendan pul ajratish taklifini ko‘rib chiqmoqdamiz. Mablag‘ ajratish imkoniyati joriy yilgi budjetga tuzatishlar tasdiqlangach ko‘rib chiqiladi", - dedi u. 

Yaponiyaning joriy yilgi budjeti 102,66 trln iyenni (947 mlrd dollar) tashkil etadi. Xarajatlarning asosiy qismi ijtimoiy ta'minot xarajatlaridan iborat.

Avvalroq Yaponiya biznes va oddiy oilalarni qo‘llab-quvvatlash uchun 108 trln iyenlik (1 trln dollar) yordam paketini ajratgandi – u mamlakat YaIMning 20 foiziga teng. Xususan, ushbu paket doirasida daromadi past yoki pasayib ketgan har bir oilaga 300 ming iyendan (2 750 dollar) mablag‘ berish rejalashtirilgan.

Ayni paytda Yaponiyada koronavirusga chalinganlar soni 8,8 mingga yetgan bo‘lib, 174 kishi vafot etgan.

8 apreldan mamlakatdagi qator prefekturalarda favqulodda vaziyat joriy etildi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid