Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
JSST klinik tadqiqotlar o‘tkazilayotgan koronavirusga qarshi vaksinalar to‘g‘risida ma'lumot berdi
Mart oyi o‘rtalarida AQShda koronavirusga qarshi vaksina ilk marta ko‘ngillilarda sinab ko‘rilgandi.
Koronavirusga qarshi uchta vaksinaning klinik tadqiqotlari boshlandi, yana 70dan ortiq vaksina ishlab chiqish jarayonida, deb ma'lum qildi Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti bosh direktori Tedros Adxanom Gebreyyesus.
U shuningdek, tashkilot qo‘llab-quvvatlovi ostida koronavirusni davolashning turli usullari bo‘yicha ma'lumot almashish uchun maxsus dastur olib borilayotganini aytdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, dasturda 90ta mamlakatdagi kasalxonalar va to‘rt xil dori sinovi o‘tkazilayotgan 900dan ortiq bemor qatnashmoqda.
Bundan tashqari, JSST kortikosteroidlar va shamollashga qarshi dorilarning koronavirusni davolashga ta'sirini o‘rganuvchi tibbiy ekspertlar guruhini tuzgan.
Mart oyi o‘rtalarida AQShda koronavirusga qarshi vaksina ilk marta ko‘ngillilarda sinab ko‘rilgandi. Ekspertlarning fikricha, vaksina muvaffaqiyatli sinovdan o‘tgandan keyin ham hamma undan foydalana olish bosqichiga yetguniga qadar kamida 1,5 yil vaqt ketadi.
Mavzuga oid
18:32 / 08.06.2026
Sun’iy intellekt yaratgan vaksina odamlarda muvaffaqiyatli sinab ko‘rildi
20:58 / 26.05.2026
Afrikadagilar Ebola bezgagi tarqalishini jilovlay olmayapti
22:16 / 25.05.2026
JSST Kongoda Ebola epidemiyasi nazoratdan chiqib ketgani haqida ogohlantirdi
18:24 / 22.05.2026