Dunyoning barça yirik şaharlarida uysizlar topiladi. Ularning aksari odamlar gavjum joylarda ovqatga pul topiş uçun tilançilik qiladi va köçalarda yaşaydi. Bugun dunyo böylab yuz minglab ana şunday boşpanasiz odamlar koronavirusga qarşi «jangda» himoyasiz qolgan.

BBC hozirgi karantin kunlarida uysizlar duç kelayotgan muammolarning turli şaharlarda qanday hal qilinayotgani haqida hikoya qiladi.

Moskva. Hukumat tomonidan hozirça javob yöq

Moskvadagi uysizlarning karantin kunlaridagi eng muhim muammosi – qanday qilib bölsa ham oçlikdan saqlaniş.

«Karantin e'lon qilinişi munosabati bilan uysizlarga qisman oziq-ovqat tarqatib turgan manzillar va ularga nimadir berib turgan kafe va restoranlar yopildi. Şuningdek, karantindan avval savdo dökonlari, ovqatlaniş şoxobçalaridan çiqindi qutilariga turli yeguliklar çiqarib taşlanar va şu ham uysizlarning kuniga yarardi. Hammayoq yopilgaç, endi çiqindi qutilarida ham yeyişga heç vaqo yöq... Ayniqsa hozirgi karantin kunlarida. Tilançilik qilib odamlardan pul va oziq-ovqat söray deyişsa, köçalarda ham heç kim yöq. Şu sababli Moskvadagi tilançilarga, uysizlarga hozir juda qiyin», deydi «Miloserdiye» xayriya yordam xizmati matbuot kotibi Aleksandra Şibalina.

«Ilgari qutqaruv punktimizga kuniga 100-150 nafar odam kelib oziq-ovqat olardi. Bugun ular 200 nafarga çiqdi. Ularning aksari juda oç va holdan toygan holda keladi.

Avvallari uysizlarga yordam körsatiş punktlarimizda kuniga uç mahal ma'lum soatlarda oziq-ovqat tarqatardik. Endi karantin davrini va oziq-ovqatga muhtoj uysizlar köpayganini inobatga olib punktlarimizda ertalabdan keçgaça oziq-ovqat tarqatyapmiz», deb qöşimça qiladi Şibalina.

Karantin kunlari boşlanişi bilan «Noçlejka» xayriya fondi ham uysizlarga yordam beriş kölamini oşirdi va «Sen yolğiz emassan» aksiyasi doirasida Moskva va Sankt-Peterburg köçalarida, vokzallarida har bir nuqtada 60ta yelim paketga joylangan oziq-ovqat qoldiryapti. Unda çoy, konfetlar, şirinliklar, yarim tayyor ovqatlar, konserva va antiseptik mahsulotlari solingan.

«Noçlejka» fondi ijtimoiy masofaga rioya qilgan holda uysizlarga yordam bermoqda
PYOTR KOVALEV\TASS