O‘zbekiston | 14:40 / 16.04.2020
3662
2 daqiqa o‘qiladi

Urganchda keramik-shisha idishlar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi

Xorazm viloyati hududida bo‘sh turgan davlat mulki obektlaridan samarali foydalanish chora-tadbirlari qabul qilindi

Urganch shahrida (Amudaryo ko‘chasi, 1/4-uy) joylashgan umumiy maydoni 2,23 ga bo‘lgan Xorazm trolleybus boshqarmasi binosining bir qismi zamonaviy keramik-shisha idishlar ishlab chiqarish faoliyatini tashkil etish uchun "Orient Ceramik" MChJga sotiladi. Oldi-sotdi shartnomasi bir oy muddatda rasmiylashtiriladi.
 
Norma’ning yozishicha, investor quyidagi investitsiya va ijtimoiy majburiyatlarni o‘z zimmasiga oladi:

bir yil muddatda obektni sotib olish uchun 1 mlrd. so‘m to‘lash;

ikki yil muddatda 3 mln AQSh dollari miqdoridagi investitsiya kiritish orqali idishlar ishlab chiqarishni tashkil etish;

kamida 180 nafar yangi ish o‘rinlari tashkil etish.
 
Investor tomonidan zarur to‘lovlar to‘langan hamda o‘z zimmasiga olingan majburiyatlar bajarilgandan keyin unga obektni tasarruf etish huquqi taqdim etiladi, bu haqda mulk huquqini tasdiqlovchi davlat orderiga tegishli belgi kiritiladi.
 
Hujjat 8.04.2020 yildan kuchga kirdi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid