Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
FHDYo organlari faoliyatini DXA tizimida samarali tashkil etish chora-tadbirlari qabul qilinadi
FHDYo arxivlarining arxivarius lavozimlari 1 va 2-toifali inspektor lavozimlariga aylantirilmoqda
Vazirlar Mahkamasining “Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlari faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi tizimida samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e'lon qilindi.
Qayd etilishicha, loyiha prezidentning “Jamiyatda ijtimoiy-ma'naviy muhitni sog‘lomlashtirish, mahalla institutini yanada qo‘llab-quvvatlash hamda oila va xotin-qizlar bilan ishlash tizimini yangi darajaga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020 yil 18 fevraldagi PF–5938-son farmoni ijrosini ta'minlash maqsadida ishlab chiqildi.
Prezidentning 2020 yil 18 fevraldagi PF–5938-son farmonining 23-bandiga asosan FHDYo bo‘limlari va Nikoh uylari Davlat xizmatlari agentligi tizimiga o‘tkazilmoqda. Shu bois loyihada ushbu FHDYo bo‘limlarining Agentlikka o‘tkazilishi turli qonun hujjatlarida ifoda etilmoqda.
Xususan, Agentlik adliya organlari va muassasalari tizimiga kirganligi sababli loyihada FHDYo bo‘limlari va nikoh uylari xodimlarining mehnatiga haq to‘lash, ularga martaba darajalari berish, ko‘p yillik xizmatlari uchun ustamalar belgilash tartibi adliya organlari va muassasalarining xodimlariga nisbatan qo‘llaniladigan tartibga moslashtirilmoqda.
Bundan tashqari, FHDYo bo‘limlari va Nikoh uylari prezidentning 2020 yil 31 yanvardagi PF–5930-son farmoniga asosan tashkil etilishi belgilangan Davlat xizmatlari markazlari filiallari bilan birgalikda Agentlik tuzilmasiga kiritilmoqda hamda ularni moliyalashtirish masalalari aniq belgilab berilmoqda.
Shu bilan birga, FHDYo arxivlari faoliyatini yanada takomillashtirish, “FHDYoning yagona elektron arxivi” axborot tizimidagi ma'lumotlarning ishonchliligini ta'minlash va fuqarolarga xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish maqsadida FHDYo arxivlarining arxivarius lavozimlari 1 va 2-toifali inspektor lavozimlariga aylantirilmoqda.
Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish sohasini yanada takomillashtirish maqsadida loyihada Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 14 noyabrdagi 387-son qarori bilan tasdiqlangan Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish qoidalariga bir qator o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish taklif etilmoqda. Jumladan, topib olingan (tashlab ketilgan) bola tug‘ilganligini qayd etish, suyunchi puli olish uchun FHDYo bo‘limidan ma'lumotnoma taqdim etish, ayrim dalolatnoma yozuvlarini to‘ldirish qoidalariga o‘zgartirishlar kiritilmoqda.
Bildirilishicha, mazkur loyihaning qabul qilinishi Davlat budjetidan qo‘shimcha mablag‘larni talab etadi.
Mavzuga oid
18:34 / 26.04.2026
“Dacha”larning elektron bazasini yaratish va ijara narxlarini nazorat qilish rejalashtirilmoqda
09:35 / 01.04.2026
Mobil tariflarga yangi talablar joriy etilishi mumkin
08:11 / 18.03.2026
Bitiruvchilar uchun 3 yil ishlab berish talabi bekor qilinishi mumkin
11:59 / 17.12.2025