O‘zbekiston | 12:03 / 17.04.2020
2683
3 daqiqa o‘qiladi

Kattaqo‘rg‘on shahrida kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha chora-tadbirlar amalga oshiriladi

Samarqand viloyatining Kattaqo‘rg‘on shahrini 2020-2022 yillarda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha chora-tadbirlar tasdiqlanadi

Foto: KUN.UZ

Vazirlar Mahkamasining “Samarqand viloyatining Kattaqo‘rg‘on shahrini 2020-2022 yillarda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha chora-tadbirlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e'lon qilindi.

Quyidagilarni nazarda tutuvchi Samarqand viloyatining Kattaqo‘rg‘on shahrini 2020-2022 yillarda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi tasdiqlanadi:

2020-2022 yillarda Samarqand viloyatining Kattaqo‘rg‘on shahrida kambag‘allikni qisqartirish yuzasidan amalga oshiriladigan chora-tadbirlar;

2020-2022 yillarda Samarqand viloyatining Kattaqo‘rg‘on shahrida sanoat, xizmat ko‘rsatish va qishloq xo‘jaligi sohalarini rivojlantirish bo‘yicha investitsiya loyihalarining manzilli ro‘yxati;

2020-2022 yillarda Samarqand viloyatining Kattaqo‘rg‘on shahrida ishsizlarni kasb-hunarga o‘qitish va qayta tayyorlash parametrlari;

2020-2022 yillarda Samarqand viloyatining Kattaqo‘rg‘on shahrida yo‘l-kommunikatsiya tizimi va ijtimoiy sohani yaxshilash bo‘yicha chora-tadbirlar;

Dasturni amalga oshirilishini muvofiqlashtirish va tizimli nazorat qilinishini ta'minlash bo‘yicha Respublika komissiyasi tarkibi.

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Samarqand viloyati hokimligi:

hududning “Nurobod” MFYda joylashgan Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligiga qarashli bo‘sh turgan sobiq qozonxona binosini (yer maydoni bilan birgalikda), “G‘arb machit” MFYda joylashgan Maktabgacha ta'lim vazirligiga qarashli sobiq Pedagogika kollejining bo‘sh turgan bino va yer maydonlarini hamda O‘rmon xo‘jaligi Davlat qo‘mitasi Kattaqo‘rg‘on davlat o‘rmon xo‘jaligiga qarashli 6,5 gektar yer maydonini davlat ulushini kamaytirish hisobiga Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi balansiga;

Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi bilan birgalikda “Kattaqo‘rg‘on tibbiyot kolleji” balansida bo‘lgan 4 qavatli yotoqxona binosini kelgusida hududda uy-joyga muhtoj oilalarga ajratish uchun Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi balansiga o‘tkazish choralarini ko‘radi.

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi Markaziy bank, tijorat banklari bilan birgalikda Kattaqo‘rg‘on shahrida tadbirkorlikni yanada rivojlantirish, chet el investitsiyalarini jalb etish hamda yangi ish o‘rinlarini yaratish maqsadida, qo‘shimcha ravishda qiymati 5 mln AQSh dollarlik yirik loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha dastur loyihasini ishlab chiqadi va Vazirlar Mahkamasiga kiritadi.

ATB “Mikrokreditbank” Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi bilan birgalikda hududda savdo ko‘ngilochar maskani tashkil etish bo‘yicha loyiha tashabbuskorini aniqlagan holda amalga oshirish chorasini ko‘radi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid