Jahon | 01:44 / 17.04.2020
13768
2 daqiqa o‘qiladi

Rossiyada koronavirusga chalinganlarni davolashda bezgakka qarshi doridan foydalanishga ruxsat berildi

Foto: Sputnik

Avvalroq AQSh oziq-ovqat mahsulotlari va dori-darmonlar sifatini sanitar nazorat qilish boshqarmasi koronavirusga chalinganlarni “Gidroksixloroxin” va “Xloroxin” bilan davolashga ruxsat bergandi.

Rossiya hukumati koronavirusga chalingan bemorlarni davolash uchun gidroksixloroxin dori vositasidan foydalanishga ruxsat berdi.

Mamlakat bosh vaziri Mixail Mishustin bu boradagi farmoyishni imzoladi.

Qayd etilishicha, Xitoy Rossiyaga 68 600 qadoq gidroksixloroxin dori vositasini beg‘araz tarzda taqdim etgan.

Avvalroq AQSh oziq-ovqat mahsulotlari va dori-darmonlar sifatini sanitar nazorat qilish boshqarmasi koronavirusga chalinganlarni “Gidroksixloroxin” va “Xloroxin” bilan davolashga ruxsat bergandi

Shuningdek, fransiyalik olimlar gidroksixloroxinning koronavirusga alohida va azitromitsin antibiotigi bilan birgalikdagi ta'sirini o‘rganishgandi. Tadqiqotlarda COVID-19 simptomi bo‘lgan va simptomlar bo‘lmagan 36 kishi ishtirok etgan, besh kun davomida yangi dori vositasini qabul qilgan olti bemorning barchasi tuzalgandi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid