Jahon | 19:02 / 18.04.2020
3464
2 daqiqa o‘qiladi

AQShda fermerlarni qo‘llab-quvvatlash uchun 19 mlrd dollar ajratiladi

AQShda fermerlar epidemiya sababli o‘z vaqtida yetkazib berolmagan mahsulotlarini yo‘q qilishga majbur bo‘lmoqda. Bundan tashqari, pandemiya va cheklov choralari bois ayrim mahsulotlarga talab pasaydi.

Qishloq xo‘jaligini qo‘llab-quvvatlash va koronavirus pandemiyasi oqibatlarini bartaraf etish uchun amerikalik fermerlarga 19 milliard dollar ajratiladi. Bu haqda AQSh prezidenti Donald Tramp ma'lum qildi

Uning so‘zlariga ko‘ra, dastur ishlab chiqaruvchilarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri to‘lovlarni hamda ommaviy tarzda go‘sht, sut va qishloq xo‘jalik mahsulotlarini sotib olishni o‘z ichiga oladi. Mazkur yordam koronavirus pandemiyasidan jabrlangan fermerlar va rancho egalariga ajratiladi.

Mamlakat qishloq xo‘jaligi vaziri Sonni Perdyu to‘g‘ridan-to‘g‘ri to‘lovlar 16 milliardni tashkil etishini, fermerlarning mahsulotlarini sotib olish uchun yana 3 milliard dollar ajratilishini ma'lum qildi. Bundan tashqari, iyulda qishloq xo‘jaligi vazirligi fermerlarga yordam berish uchun yana qo‘shimcha 14 mlrd dollar oladi.

AQShda fermerlar epidemiya sababli o‘z vaqtida yetkazib berolmagan mahsulotlarini yo‘q qilishga majbur bo‘lmoqda. Bundan tashqari, pandemiya va cheklov choralari bois ayrim mahsulotlarga talab pasaydi. Buning ustiga, ishchilar orasida koronavirus tarqalishi sababli bir nechta go‘sht zavodlari ishini to‘xtatishga majbur bo‘ldi.

Mart oxirida AQShda iqtisodiyotni qo‘llab-quvvatlash uchun yordam paketi ma'qullangandi. Unda iqtisodiyotga ikki trillion dollar mablag‘ kiritish ko‘zda tutilgan.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid