Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jizzaxda haydovchi uxlab qolgani oqibatida «Damas» ag‘darilib ketdi
Natijada transport vositasi yo‘lovchisi tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan
Joriy yilning 17 aprel kuni soat 07:30larda Jizzax viloyati, Sh.Rashidov tumani, Samarqandquduq MFY hududidan o‘tgan “Jizzax-Mirzacho‘l” 4R-38 avtomobil yo‘lining 33-km.da yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi.
O‘zbekiston Respublikasi IIV YHXBB axborot xizmati xabariga ko‘ra, "Jizzax-Paxtakor" yo‘nalishi bo‘yicha harakatlanib ketayotgan haydovchi, 2001 y.t. Q.N. “Damas” rusumli transport vositasida boshqaruv vaqtida uxlab qolib, boshqaruvni yo‘qotgan va transport vositasi yo‘ldan chiqib ketib ag‘darilgan.

Natijada, “Damas” rusumli transport vositasi yo‘lovchisi, 1980 y.t. N.X. tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan.
“Hurmatli yo‘l harakati ishtirokchilari, karantin vaqtida zaruratsiz ko‘chaga chiqmasligingizni, zarurat bilan chiqqan vaqtingizda ham “Yo‘l harakati qoidalari”ga amal qilishingizni so‘rab qolamiz”, - deyilgan ma'lumotda.
Mavzuga oid
05:32 / 17.07.2026
Toshkentda YPX mototsikllari ishtirokida avariya ro‘y berdi
10:56 / 11.07.2026
O‘zbekistonlik haydovchi Amerikada oqibati o‘lim bilan tugagan YTH sodir etdi
12:35 / 08.07.2026
Lacetti ikkiga bo‘linib ketgan avariya oqibatida ikki kishi halok bo‘lgan
10:58 / 08.07.2026