Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samsung 5G orqali ma'lumot uzatish tezligi bo‘yicha yangi rekord qayd etdi
Samsung Electronics kompaniyasi Samsung 5G mmWave moduli yordamida 5G tarmog‘i orqali ma'lumot uzatish tezligi bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkichga erishdi.
Laboratoriya sinovlari chog‘ida bir vaqtning o‘zida ikkita mobil terminaldagi tezlik soniyasiga 8,5 Gbitga yetdi — bu rekord ko‘rsatkich hisoblanadi.
Soniyasiga 8,5 Gbit tezlik shaharlarda va 5G korporativ tarmoqlari uchun tezkor ma'lumotlar yetkazib berishda yangi imkoniyatlarni taqdim etadi.
Bunday tezlik 5G foydalanuvchilariga 8K o‘lchamdagi striming videolarni tomosha qilish, to‘ldirilgan voqelik texnologiyasidan foydalanib masofaviy o‘qish va VR formatida telekonferensiyalar o‘tkazish imkonini beradi.
Avvalroq Samsung 108 Mpli kameraga ega va bukiluvchi ekranli yangi smartfonlarini taqdim qilgandi.
Mavzuga oid
20:18 / 06.06.2026
Yangi Samsung Galaxy S27 Pro smartfoni haqida ma’lumot berildi
12:01 / 21.05.2026
Samsung ish tashlash boshlanishiga 1,5 soat qolganda kasaba uyushmasi bilan kelishuvga erishdi
08:42 / 06.05.2026
Samsung kompaniyasining bozor kapitallashuvi 1 trillion dollarga yetdi
23:34 / 18.04.2026