Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yahyo G‘ulomov nomidagi Arxeologiya institutiga alohida yuridik shaxs maqomi beriladi
Fanlar akademiyasi Milliy arxeologiya markazi Ya.G‘ulomov nomidagi Arxeologiya institutini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari qabul qilinadi
Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Milliy arxeologiya markazi Ya.G‘ulomov nomidagi Arxeologiya institutini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi muhokama uchun joylashtirildi.
Samarqand viloyati hokimligi va Fanlar akademiyasining Milliy arxeologiya markazi qoshida Ya.G‘ulomov nomidagi Arxeologiya institutiga alohida yuridik shaxs maqomi berish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilishi mumkin.
Fanlar akademiyasi Milliy arxeologiya markazi xodimlarining umumiy cheklangan soni 18 nafardan iborat bo‘ladi va Ya.G‘ulomov nomidagi Arxeologiya instituti xodimlarining umumiy cheklangan soni 21 nafardan iborat bo‘ladi.
Fanlar akademiyasi prezidentiga Moliya vazirligi bilan kelishgan holda zaruratga ko‘ra, Markaz va Institutning tuzilmasiga o‘zgartirish kiritish huquqi berildi.
Quyidagilar Markaz va Institut faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib belgilandi:
Davlat budjeti mablag‘lari - Markaz va Institut bino va inshootlarini saqlash, ta'mirlash va jihozlash (mebel, kompyuter texnikasi, o‘quv va ilmiy adabiyotlar, internet tarmog‘i va boshqa moddiy-texnika vositalari) hamda ilmiy xodimlar mehnatiga haq to‘lash xarajatlarini bazaviy moliyalashtirish uchun.
Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi huzuridagi “Geoinnovatsiya markazi” davlat unitar korxonasi Markaz va Institut buyurtmanomalariga binoan arxeologik tadqiqotlarni olib borish uchun O‘zbekiston hududida uchuvchisiz uchish apparatlaridan foydalanish va xarid qilishda belgilangan tartibda amaliy ko‘mak beradi.
Moliya vazirligi:
Markaz va Institut ilmiy xodimlari shtat birligini 3 yilda bosqichma-bosqich 80 taga yetkazishni inobatga oladi;
viloyatlardagi tayanch arxeologik yodgorliklarda muntazam faoliyat yurituvchi davlat kompleks arxeologik ekspeditsiyalarini bosqichma-bosqich tashkil etish bilan bog‘liq xarajatlarni respublika budjeti mablag‘lari hisobidan, Markaz va Institut tomonidan belgilangan tartibda taqdim etilgan xarajatlar smetasiga muvofiq o‘z vaqtida va to‘liq hajmda moliyalashtirishni ta'minlaydi.
Markaz va Institutning ilmiy xodimlari shtat birligi maxsus ko‘rsatkichlar tizimi asosida bosqichma-bosqich oshiriladi.
Markaz va Institutning bo‘limlari, ilmiy laboratoriyalari va dala ekspeditsiyalari faoliyatini baholash bo‘yicha ko‘rsatkichlar va indikatorlar tizimi ishlab chiqiladi va joriy qilinadi.
Markaz va Institutning ilmiy xodimlari oliy ta'lim muassasalariga o‘rindosh sifatida pedagogik faoliyatga jalb qilinadi.
Markaz va Institutning ilmiy salohiyatini yoshartirgan holda, ilmiy darajali mutaxassislar ulushi bosqichma-bosqich oshirib boriladi.
Markaz va Institutda faoliyat ko‘rsatayotgan ekspeditsiyalarning ilmiy natijalariga bag‘ishlangan bukletlar, qisqa hujjatli videoroliklar yaratiladi.
Mavzuga oid
18:34 / 26.04.2026
“Dacha”larning elektron bazasini yaratish va ijara narxlarini nazorat qilish rejalashtirilmoqda
09:35 / 01.04.2026
Mobil tariflarga yangi talablar joriy etilishi mumkin
08:11 / 18.03.2026
Bitiruvchilar uchun 3 yil ishlab berish talabi bekor qilinishi mumkin
11:59 / 17.12.2025