Jahon | 21:57 / 19.04.2020
65612
2 daqiqa o‘qiladi

«Birlashish g‘oyasi sovet ittifoqi tiklanishidan qo‘rquv hissi bilan to‘qnash kelmoqda» – Putin yanada chuqurroq integratsiyaga qarshilik haqida

Rossiya prezidenti Vladimir Putin possovet mintaqada yanada chuqurroq integratsiyaga iqtisodiy raqobatchi paydo bo‘lishidan manfaatdor bo‘lmagan g‘arblik hamkorlar to‘sqinlik qilmoqda, deb hisoblamoqda. 

Foto: Aleksey Drujinin/RF prezidenti matbuot xizmati/TASS

U «Moskva. Kreml. Putin» dasturiga bergan intervyusida birlashish g‘oyasi sovet ittifoqi va sovet imperiyasi tiklanishidan qo‘rquv hissi bilan to‘qnash kelayotganini aytib o‘tgan.

«O‘tmishning qandaydir tahlikasi, sovet ittifoqi va sovet imperiyasining qayta tiklanishidan qo‘rquvlarini yengib, sa'y-harakatlarni birlashtirish barchaning foydasiga xizmat qilishi, baribir o‘ziga yo‘l ochishi muqarrar ekanligini ayon bo‘lib bormoqda. Bu ustunliklarni his qilgan holda — buni jarayonning barcha qatnashuvchilari his qilmoqda — biz oldinga qadam tashlab, ilgari harakat qilamiz va olg‘a intilamiz»,— degan Vladimir Putin 2019 yilning 1 oktyabrida yozib olingan, biroq efirda bugungi kunga kelib yangrayotgan intervyusida.

Bundan tashqari Putin «yaqin-yaqingacha bizning iqtisodiy, siyosiy yoki harbiy emas, aynan iqtisodiy birlashmamiz bilan hattoki gaplashishni ham istashmagan» o‘zining «g‘arbdagi hamkasblarining qarshiligi»ga e'tibor qaratgan.

Uning qayd etishicha, sobiq SSSR respublikalari uchun o‘zining raqobatbardoshligini birlashish hisobiga oshirish — «bu mutlaqo tabiiy ish».

«...barcha davlatlarda rus tilida erkin gaplashishadi. Bu juda katta ustunlik. Bitta mamlakatdan transport, energetika, aloqa infratuzilmasini umumiy meros qilib olgan biz uchun bu integratsiyalashuv uchun yana bir ulkan ustunlik», degan Rossiya Federatsiyasi prezidenti.

O‘z intervyusida Vladimir Putin Rossiya boshchiligidagi Yevroosiyo Iqtisodiy Ittifoqi — YeOII haqida ham gapirgan.

Ma'lumot uchun, bugungi kunda YeOIIga a'zolik masalasi sobiq ittifoq davlatlari ichida faqat O‘zbekistonda kun tartibida ko‘rib chiqilmoqda.

Шуҳрат Шокиржонов
Tayyorlagan Шуҳрат Шокиржонов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid