Jahon | 18:59 / 19.04.2020
8621
2 daqiqa o‘qiladi

Janubiy Koreyada koronavirus sababli kiritilgan cheklovlarning bir qismi bekor qilindi 

Janubiy Koreyada koronavirus sababli kiritilgan ijtimoiy masofalashuv bo‘yicha bir qator choralar 16 kunga uzaytirildi, biroq koronavirus faol tarqalgan vaqtda joriy qilingan cheklovlarning bir qismi bekor qilindi.

Foto: Reuters

Bu haqda Janubiy Koreya bosh vaziri Chon Se Gyun ma'lum qildi. 

“Qat'iy ijtimoiy masofalashuvni qo‘llab-quvvatlash eng xavfsiz hisoblanadi, biroq aslida bu oson emas. Biz oltin o‘rtani topishimiz lozim. Agar joriy darajadagi barqaror boshqaruvni saqlab qololsak, unda 6 maydan oddiy ijtimoiy masofalashuvga o‘tamiz”, deb aytgan bosh vazir hukumat amaldorlari bilan yig‘ilishda.  

Ta'kidlanishicha, bu zarur ehtiyotkorlik choralariga amal qilgan holda normal iqtisodiy faoliyatni tiklashga imkon beradi. 

Cheklovlarni yumshatish haqidagi qaror 19 aprelda mamlakatda kasallanganlar soni bir kun ichida 8 nafargagina ko‘paygani ma'lum qilingandan keyin qabul qilingan. Ikki oy ichida ilk bor yangi kasallanish holatlari 10tadan kamroq bo‘lgan. 

Cheklovlarning yumshatilishi cherkovlarga borish va sport musobaqalarining tomoshabinlarsiz o‘tkazilishiga ruxsat berilishini nazarda tutadi. 

19 aprel holatiga ko‘ra, Janubiy Koreyada koronavirusga chalinganlar soni 10661 kishini, undan vafot etganlar soni 234 nafarni tashkil qilgan. 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid