Jahon | 00:04 / 19.04.2020
11147
1 daqiqa o‘qiladi

Nyu-Yorkda koronavirusdan o‘limlar soni kamayib bormoqda

Nyu-York meri Endryu Kuomo shtatda 17 aprel kuni koronavirus sabab halok bo‘lganlar soni 540 nafarni tashkil qilganini ma'lum qildi. Bu haqda Kuomo tvitterdagi sahifasida yozdi.

Foto: Twitter /AlexBerenson

«Hamon kuniga 2 ming atrofida bemorni kasalxonaga yotqizyapmiz. Kecha 540 fuqaromiz halok bo‘ldi. Bu katta yo‘qotish. Ijtimoiy masofa joningizga tekkan vaqtda mana shu yo‘qotganlarimizni o‘ylang», deb yozdi Nyu-York meri shaxsiy mikroblogida.

Kuomoning aytganlari Nyu-Yorkda koronavirusdan halok bo‘layotganlar soni kamayib borayotganini ko‘rsatadi. 13 aprel kuni Nyu-Yorkda halok bo‘lganlar soni 778 kishini tashkil qilgandi. Shundan keyin ko‘rsatkichlar pasayib bordi: 14 aprelda 752 kishi, 15 aprelda 606 kishi, 16 aprelda 630 kishi, 17 aprelda 540 kishi. Oxirgi 5 kunda faqat 16 aprel kuni o‘limlar soni oshdi, ammo 17 aprelda keskin pasayish kuzatildi.

Ma'lumot uchun, AQShda hozirgacha kasallanganlar soni 717 mingga yaqinlashdi. Halok bo‘lganlar soni esa 33 mingdan oshdi. Nyu-Yorkning o‘zida 222 mingdan ko‘proq odam koronavirus yuqtirgan va 15 mingga yaqin odam halok bo‘lgan.

Mavzuga oid