Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Zararlangan hujjat Afg‘oniston prezidenti saroyida koronavirus avj olishiga olib keldi
Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘ani saroyida ishlovchi xodimlarning kamida 20 nafari koronavirusga chalindi.
Foto: Wakil Kohsar, AFP
Afg‘oniston sog‘liqni saqlash vazirligidagi yuqori lavozimli mansabdor shaxsning ma'lum qilishicha, bunga saroyga hukumatning boshqa bir idorasidan keltirilgan zararlangan hujjat sabab bo‘lgan.
“Ba'zi xodimlar testlar natijalari hali olinmaganda ham prezident ma'muriyati binosida ishlashda davom etganlar va shu sababli ularni hamda oila a'zolarini izolyatsiyalashga to‘g‘ri keldi. Taxminimizcha, kasallanganlar soni ko‘proq bo‘lishi mumkin”, deb qo‘shimcha qilgan amaldor.
Ashraf G‘anining rasmiy vakili Sodiq Sodiqiyning ta'kidlashicha, Afg‘onistonning fuqarolik xizmati bo‘yicha komissiyasi davlat xizmatchilariga uyda qolishga ko‘rsatma bergan va mamlakatda avval kiritilgan cheklovlar yana 3 haftaga - may oyi o‘rtasigacha uzaytirilgan.
O‘z ma'muriyatida koronavirusga chalinganlar borligi haqidagi ma'lumotdan keyin 70 yoshli G‘ani o‘z xodimlari bilan aloqani cheklashga va ularning katta qismi bilan raqamli aloqa vositalari orqali muloqot qilishga qaror qilgan. Ma'lum qilinishicha, sog‘lig‘ida ba'zi muammolarga ega G‘ani aksariyat uchrashuvlarni videoanjuman shaklida o‘tkazmoqda va o‘z atrofidagi sanoqli odamlar bilangina shaxsan uchrashmoqda.
Mavzuga oid
13:52 / 26.01.2026
2025 yilda O‘zbekistonga tijorat maqsadida eng ko‘p Afg‘oniston fuqarolari kelgan
18:30 / 25.01.2026
Afg‘onistondan keltirilgan oltinlar Surxondaryoda qayta ishlanmoqda
09:58 / 24.01.2026
Starmer: Trampning Afg‘onistondagi NATO missiyasi haqidagi so‘zlari haqoratli
14:42 / 23.01.2026