Andijon va Buxoroda bemorlarning navbatdagi guruhi sog‘aydi
Sog‘liqni saqlash vazirligi Andijon va Buxoro viloyatlarida koronavirusdan davolanayotgan jami 13 nafar bemor sog‘aygani haqida ma'lumot berdi. Ayni vaqtda O‘zbekistonda koronavirusdan tuzalgan bemorlar soni 238 nafarga yetdi.
Andijon viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasida navbatdagi 2 nafar koronavirusga chalingan bemor butunlay sog‘aydi. Ular viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi mas'ullari ishtirokida reabilitatsiyaga kuzatildi.
Tuzalganlardan biri, 39 yoshli ayol Xo‘jaobod tumanidan bo‘lsa, ikkinchisi 51 yoshli ayol Andijon shahridan. Har ikki bemor ham koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lib, kasallikni yuqtirib olishgan.
Viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasidan shu paytgacha 11 nafar bemor sog‘aygan bo‘lsa, endilikda ular 13 nafarga yetdi.
Bugun Buxoro viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazidan yana 11 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor butkul sog‘aydi. Ular viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi mas'ullari ishtirokida reabilitatsiyaga kuzatildi.
Shifo topganlarning barchasi joriy yil 25 mart kuni charter reys bilan Rossiyadan Buxoroga olib kelingan va karantinga olingan. Koronavirus infeksiyasi tasdiqlangach, viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markaziga joylashtirilgan. Ulardan 10 nafari erkak, 1 nafari ayol. Bemorlarning 4 nafari Qashqadaryo viloyatidan, 2 nafari Farg‘ona viloyatidan, Toshkent, Buxoro, Namangan, Samarqand viloyatlari hamda Toshkent shahridan esa 1 nafardan. Ular orasida eng yoshi kattasi 54 yoshda bo‘lsa, eng yoshi kichigi 20 yoshda.
Buxoro viloyati bo‘yicha shu paytga qadar 57 nafar bemor sog‘aygan bo‘lsa, endilikda ular 68 nafarga yetdi.
Ayni paytga qadar O‘zbekiston bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan jami 238 nafar bemor to‘liq sog‘aydi.
Mavzuga oid
12:01 / 09.11.2024
Buxoroda 16 yoshli bola o‘nlab shaxslar nomiga kredit olib, onlayn qimorga tikib yubordi. U qamoqqa olingan
11:09 / 08.11.2024
Andijonda kottejlar qurish uchun yer hujjatini rasmiylashtirib berish evaziga 230 ming dollar talab qilgan shaxs ushlandi
14:41 / 06.11.2024
5 sotix yerni fuqaroga rasmiylashtirib bermoqchi bo‘lgan ekologiya bo‘limi bosh inspektori 20 ming dollar bilan ushlandi
11:34 / 06.11.2024